Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Avvalo shuni aytish kerakki, raqamli iqtisodiyot o‟zaro bog‟liq bo‟lgan ishlab
chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo‟lib, uning ajralmas
elementi
zanjirlararo
(insonlararo,
mashinalararo,
bulutlar
orqali,
data
markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma‟lumot
almashinishdir [3]. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko‟rinishdagi ma‟lumotlar barcha
ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va
bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o‟tish mamlakatimizning global
miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi,
yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o‟sishga imkon yaratadi va milliy
mustaqillikni ham ta‟minlab beradi [3]. Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
dasturi quyidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak [4]:
O‟zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;
Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini
yaratish;
Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat
tashkil qilish uchun kerakli bo‟lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Global
miqyosda
va
global
bozorlarga
respublikamizning
raqobatbardoshliligini oshirish.
Endi global information tizimda mavjud bo‟lgan ochiq ma‟lumotlar va
adabiyotlardan foydalangan xolda bir qancha rivojlangan mamlakatlar misolida
raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini shakllantirishning asosiy ko‟rsatgichlari va uning
o‟ziga hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz [5]:
Raqamli elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi
foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko‟payishiga bog‟liq bo‟lib qoladi [6]. Bu
esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishiga sabab bo‟ladi.
Masalan, YouTube bir kunda 100 million so‟rov oladi, Facebookda esa 2
milliarddan ko‟p ishtirokchilar mavjud. Huddi shu juda katta foydalanuvchilar
guruhini qamrab olish nafaqat kapitalizatsiyani ko‟paytiradi, balki reklamada ham
katta miqdordagi mablag‟ ishlab olishga sabab bo‟ladi. Masalan, 2015 yilda
Dostları ilə paylaş: |