Mavzu yuzasidan savollar
1.
Raqamli iqtisodiyotga oʻtishda davlat siyosatining mohiyati va
transformatsiya bosqichlari deganda nimani tushunasiz?
2.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish shart-sharoitlari: «on-line
systems» va boshqa tizimlarga chiqishgacha «gov.uz» YaIDXP elektron
“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, №PF-6079, Qabul qilingan sana 05.10.2020
286
platformasini yaratish qanday amalga oshirilmoqda?
3.
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda davlatning
oʻrni
(qonuniy-huquqiy ta’minot, soliq tizimini tartibga solish, rag’batlantirish
tizimi) qanday?
4.
Oʻzbekiston
Respublikasi
innovatsion
strategiyasining
ahamiyati, rivojlanishning bazaviy yoʻnalishlari va oʻzaro bog’liq raqamli
texnologiyalar haqida yozing.
5.
«Yoʻl xaritasi» va chora-tadbirlar dasturi.
6.
Raqamli iqtisodiyotga oʻtishda institutsional muhitning oʻrni
qanday?
7.
Huquqiy tartibga solishning yangi «qatlami»ni yaratish haqida
nimalarni bilasiz?
Glossariy
P2P (peer-to-peer) -
bunday tarmoq bir huquqqa ega boʻlgan mijoz
dasturlaridan iborat.
Mayning
– bu kompyuter tizimlarining hisoblash quvvatlarini
kriptovalyutaning tranzaktsiyalari zanjirini hosil qilish uchun ishlatilish
jarayoni.
Elektron hukumat-
davlat organlarining jismoniy va yuridik
shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan
davlat xizmatlari koʻrsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo
elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi
- davlat-xususiy
sherikchilik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid istiqbolli
va strategik muhim, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-
birjalar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan
jamg’arma.
Mavzu boʻyicha test savollar
1. «Raqamli iqtisodiyot 2030» strategiyasi qachon qabul qilingan?
A. 05.10.2020
B. 10.10.2020
C. 05.10.2021
D. 10.05.2021
Dostları ilə paylaş: |