Mavzu yuzasidan savollar
1.
Raqamli iqtisodiyotga oʻtishda davlat siyosatining mohiyati va
transformatsiya bosqichlari deganda nimani tushunasiz?
2.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish shart-sharoitlari: «on-line
systems» va boshqa tizimlarga chiqishgacha «gov.uz»
YaIDXP elektron
“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, №PF-6079, Qabul qilingan sana 05.10.2020
286
platformasini yaratish qanday amalga oshirilmoqda?
3.
Raqamli iqtisodiyotni
shakllantirishda davlatning
oʻrni
(qonuniy-huquqiy ta’minot, soliq tizimini tartibga solish, rag’batlantirish
tizimi) qanday?
4.
Oʻzbekiston
Respublikasi
innovatsion
strategiyasining
ahamiyati, rivojlanishning bazaviy yoʻnalishlari va oʻzaro bog’liq raqamli
texnologiyalar haqida yozing.
5.
«Yoʻl xaritasi» va chora-tadbirlar dasturi.
6.
Raqamli iqtisodiyotga oʻtishda institutsional muhitning oʻrni
qanday?
7.
Huquqiy tartibga solishning yangi «qatlami»ni
yaratish haqida
nimalarni bilasiz?
Glossariy
P2P (peer-to-peer) -
bunday tarmoq bir huquqqa ega boʻlgan mijoz
dasturlaridan iborat.
Mayning
– bu kompyuter tizimlarining hisoblash quvvatlarini
kriptovalyutaning tranzaktsiyalari zanjirini hosil qilish uchun ishlatilish
jarayoni.
Elektron hukumat-
davlat organlarining jismoniy va yuridik
shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan
davlat xizmatlari koʻrsatishga
doir faoliyatini, shuningdek idoralararo
elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi
- davlat-xususiy
sherikchilik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid istiqbolli
va strategik muhim, shu jumladan kripto-aktivlar
aylanmasi va kripto-
birjalar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan
jamg’arma.
Mavzu boʻyicha test savollar
1. «Raqamli iqtisodiyot 2030» strategiyasi qachon qabul qilingan?
A. 05.10.2020
B. 10.10.2020
C. 05.10.2021
D. 10.05.2021