“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2021 yil
310
1/2021
(№
00051)
http://iqtisodiyot.tsue.uz
Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, raqamli iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab
chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo‘lib, uning ajralmas elementi
zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo,
bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli
texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir [3].
Raqamli iqtisodiyot dasturining asosiy maqsadlari yoritib berilgan [4]. Raqamli
iqtisodiyot - bu xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘lib, bunda
ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinshidagi ma’lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi
axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish,
texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni
yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tatbiq qilishdir.
Boshqacha qilib
aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar amalga
oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi
sohalarni raqamli kompyuter
texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘langan faoliyatdir [5].
Fikrimizcha raqamli iqtisodiyot – iqtisodiy resurslar taqchilligi sharoitida raqamli
texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan va boshqariladigan iqtisodiy faoliyat. Har
qanday iqtisodiy tizim oldida turgan asosiy muammo bu resurslar taqchilligi bilan bog‘liq
raqamli iqtisodiyotda ham asosiy e’tibor ushbu muammoni hal qilishga qaratilmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: