“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2021 yil 313 1/2021 (№ 00051)
http://iqtisodiyot.tsue.uz
Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy jug‘rofiyasi Shimol va Janub o‘rtasidagi an’anaviy
farqni ko‘rsatmaydi. Uni rivojlangan va izchil rivojlanayotgan – AQSh va Xitoy boshqarib
kelmoqda. Masalan, ushbu ikki mamlakat blokchayn texnologiyalari bilan bog‘liq barcha
patentlarning 75 foizi, narsalar Interneti (
internet of things - IoT) ga sarflanadigan
xarajatlarning 50 foizi va umumfoydalanishdagi bulutli texnologiyalar dunyo bozorining 75
foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Va, eng ajablanarlisi, ular dunyodagi 70 ta eng yirik raqamli
platformalar bozor kapitallashuv qiymatining 90 foizini tashkil etadi. Yevropaning ulushi 4
foiz, Afrika va Lotin Amerikasiniki esa atigi 1 foiz.
Bu "super platforma"lar – Microsoft, undan keyin Apple, Amazon, Google, Facebook,
Tencent, Alibaba umumiy bozor qiymatining uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Shunday qilib,
ko‘plab raqamli texnologik ishlanmalarda dunyoning qolgan qismi, ayniqsa Afrika va Lotin
Amerikasi AQSh va Xitoydan ancha orqada qolmoqda. Mavjud savdo friksiyalarining
ayrimlari oxirgi texnologiyalar sohasida global miqyosda hukmronlik qilishga intilishni aks
ettiradi.
Raqamli iqtisodiyot qiymati, u bilan bog‘liq qiymatlarni yaratish va egallashda ayrim
qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.
Birinchidan, raqamli iqtisodiyotning umumqabul qilingan ta’rifi yo‘q.
Ikkinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda uning asosiy tarkibiy qismlari va
o‘lchamlari to‘g‘risida ishonchli statistika yo‘q. Vaziyatni yaxshilash bo‘yicha bir nechta
tashabbuslar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, ular yetarli emas va raqamli iqtisodiyotning tez
sur’atlar bilan rivojlanishiga qarshilik qilmoqda.
Raqamli iqtisodiyot o‘lchamlari dunyo yalpi ichki mahsulotining 4,5 foizidan 15,5
foizigacha o‘zgardi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida qo‘shilgan
qiymatga kelsak, AQSh va Xitoy birgalikda dunyo YaIMning qariyb 40 foizini tashkil qiladi.
Yalpi ichki mahsulotda ushbu tarmoq ulushi Xitoyning Tayvan provinsiyasi, Irlandiya va
Malayziyada eng yuqori hisoblanadi.
AKT sohasida kompyuter xizmatlari eng katta tarkibiy qism bo‘lib, qo‘shilgan
qiymatning 40 foizini tashkil etadi. Butunjahon kompyuter xizmatlari sanoatida AQSh
ustunlik qiladi; ushbu sohaning sanoat qo‘shilgan qiymatidagi ulushi to‘qqizta yirik
iqtisodiyotning jami ulushidan katta. Bu borada Hindiston rivojlanayotgan davlatlar orasida
eng katta ulushga ega. Barcha mintaqalar bo‘yicha o‘sib boradigan yagona tarmoq bo‘lgan
kompyuter xizmatlari ushbu sohada bandlikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. AKT
ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat Sharqiy Osiyoda yuqori darajada to‘plangan (Xitoy
boshchiligida) va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ushbu sektordan qiymat olish
imkoniyati cheklangan bo‘lishi mumkin. So‘nggi o‘n yillikda, raqamli ravishda yetkazib
berilishi mumkin bo‘lgan AKT xizmati va xizmatlarining global eksporti umumiy xizmatlar
eksportiga nisbatan ancha tez o‘sdi, bu dunyo iqtisodiyotining tobora rivojlanib
borayotganligini aks ettiradi. Raqamli ravishda yetkazib beriladigan xizmatlar eksporti 2018-
yilda 2,9 trln AQSh dollar (2008-yilda 1,8 trln. AQSh dollar) yoki global xizmatlar eksportining
50 foizini tashkil etdi. Kam rivojlangan mamlakatlarda bunday xizmatlar umumiy xizmatlar
eksportining qariyb 16 foizini tashkil etdi va 2005-yildan 2018-yilgacha ular uch baravar
ko‘paydi[10].
Raqamli platformalar dunyo iqtisodiyotida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bozor kapitallashuvi 100 million AQSh dollaridan oshgan platforma kompaniyalarining
umumiy qiymati 2017-yilda 7 trln dollardan oshiqroq baholandi – bu 2015-yilga nisbatan 67
foizga yuqori. Ba’zi global raqamli platformalar ma’lum sohalarda juda kuchli bozor
pozitsiyalariga erishdilar. Masalan, Alphabet (Google) Internetda qidirish bozorining 90