Raqamli iqtisodiyotning bugungi holati: muammo va



Yüklə 491,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix14.12.2022
ölçüsü491,49 Kb.
#74613
1   2   3   4   5   6   7   8
Бахтиёрова Д..информатика.pptx2

 
Kirish 
Raqamli inqilob bizning hayotimiz va jamiyatlarimizni misli ko‘rilmagan darajada 
o‘zgartirib, 25 yil[1] ichida ulkan imkoniyatlar bilan bir qatorda ayrim muammolarni keltirib 
chiqardi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya 
kabi yetakchi mamlakatlar uchun ustuvor yo‘nalishlardan biridir. 
So‘nggi yillarda biznes va ijtimoiy soha faoliyatida rivojlanishning yangi to‘lqini 
raqamli texnologiyalarning yangi avlodi, ya’ni sun’iy ong, robototexnika, simsiz aloqa 
texnologiyalari yordamida ro‘y bermoqda. Yangi texnologiyalar Barqaror rivojlanish 
maqsadlarini amalga oshirishga katta hissa qo‘shishi mumkin, ammo biz kutilgan ijobiy 
natijalarni ololmasligimiz mumkin. Agar biz raqamli texnologiyalarning to‘liq ijtimoiy va 
iqtisodiy potensialiga erishmoqchi bo‘lsak, kutilmagan oqibatlarga yo‘l qo‘ymagan holda 
davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni zudlik bilan rivojlantirish zarur. Mamlakatimizda ham ushbu 
sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev 
2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2030-yilgacha “Raqamli 
O‘zbekiston – 2030” dasturini amalga oshirishni taklif etdi [2].
Mavzuga oud adabiyotlarning tahlili
 
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi ilk bor 1990-yillarda Yaponiya inqirozi davrida yapon 
professori tomonidan qo‘llanilgan. 1995-yil Yevropada Don Tapskotning “Цифровая 
экономика: oбeщaние и oпaснoсть в эпоху сeтeвoй рaзвeдки” asari va 1995-yil Nikolas 
Negroponte (Masachusets, AQSh) ning tadqiqot ishida qo‘llanilgan [1]. 


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2021 yil 
310 
1/2021 
(№
 
00051)

 
http://iqtisodiyot.tsue.uz
 
Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, raqamli iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab 
chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo‘lib, uning ajralmas elementi 
zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli 
texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir [3]. 
Raqamli iqtisodiyot dasturining asosiy maqsadlari yoritib berilgan [4]. Raqamli 
iqtisodiyot - bu xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinshidagi ma’lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi 
axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi 
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni 
yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tatbiq qilishdir. Boshqacha qilib 
aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar amalga 
oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter 
texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘langan faoliyatdir [5].
Fikrimizcha raqamli iqtisodiyot – iqtisodiy resurslar taqchilligi sharoitida raqamli 
texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan va boshqariladigan iqtisodiy faoliyat. Har 
qanday iqtisodiy tizim oldida turgan asosiy muammo bu resurslar taqchilligi bilan bog‘liq 
raqamli iqtisodiyotda ham asosiy e’tibor ushbu muammoni hal qilishga qaratilmog‘i lozim. 

Yüklə 491,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin