Tadqiqot metodologiyasi Maqolada raqamli platformalarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini o‘rganishda qiyosiy-
tadrijiy tahlil, yuqori va quyi o‘rinlardagi kompaniyalarning bozor kapitallashuvi, transmilliy
kompaniyalarning raqamli platformalar asosida rivojlanish tendensiyalari tahlilida statistik-
matematik, hududlar kesimida Internet qamrovi statistik guruhlash va taqqoslash
usullaridan foydalanildi. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi asosida internet
trafiklaridan foydalanish holati dinamik tahlil asosida yoritib berilgan. Tahlil va natijalar Raqamli iqtisodiyotning quyidagi afzalliklari ajratiladi [6]:
• mehnat unumdorligini 40 %gacha oshirishi taxmin qilinadi;
• raqamli iqtisodiyot juda katta miqdordagi mashina o‘qishi mumkin bo‘lgan
ma’lumotlarni (raqamli ma’lumotlar) to‘plash, foydalanish va tahlil qilish qobiliyatiga ega;
• onlayn platformalar orqali sotiladigan yangi ish shakllarining yuzaga kelishi;
• raqamli transformatsiya maxsus xizmatlar uchun savdo infrastrukturasining
o‘zgarishi;
• sanoat mahsulotlari eksporti endilikda AKT mahsulotlari va xizmatlariga bog‘liq
bo‘lib qolmoqda;
• raqamli iqtisodiyot juda qisqa vaqt ichida ulkan boyliklarni keltirib chiqardi, ammo
bu boylik oz sonli shaxs, kompaniya va mamlakatlar atrofida to‘plangan. Amaldagi siyosat va
qoidalar asosida ushbu traektoriya davom etishi mumkin, lekin bu tengsizlikning
kuchayishiga olib keladi.
Shu bilan birga ushbu iqtisodiyotning ayrim ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Ular
quyidagilar:
• yangi texnologiyalar, ayniqsa sun’iy intellekt, muqarrar ravishda mehnat bozorida
katta o‘zgarishlarga olib keladi, jumladan, ba’zi tarmoqlarda ish o‘rinlarining yo‘qolib ketishi
va boshqalarida keng miqyosda imkoniyatlar yaratilishiga olib keladi;
• raqamli iqtisodiyot bir qator yangi va turli xil ko‘nikmalar, ijtimoiy himoya
siyosatining yangi avlodi, ish va bo‘sh vaqt o‘rtasidagi yangi munosabatlarni talab qiladi;