Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi Javob


Blokcheyn texnologiyasining mohiyati



Yüklə 295,49 Kb.
səhifə55/80
tarix26.12.2023
ölçüsü295,49 Kb.
#197845
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi Javob-hozir.org

Blokcheyn texnologiyasining mohiyati
    1. Kalit so’z: Blokcheyn, tuzilishi




Javob:Blokcheyn–bu markaziy boshqaruv organiga ega bo‘lmagan holda ma’lumotlarni internetda himoyalangan va shaffof tarzda saqlash va o‘zgartirish imkonini beradigan dasturiy mahsulotdir.Blokcheyn–tranzaksiyalar, kontraktlar, mulkdorlik hujjatlari, san’at asarlari va boshqalar haqidagi turli -ko‘rinishdagi ma’lumotlar saqlanadigan bloklar zanjirini -raqamli konveerni) anglatadi.Blokcheyn–bu ma’lumotlar bazasini tashkil etish texnologiyasi bo‘lib, internet tizimiga tayanadi va uning barcha afzalliklaridan, shu jumladan, ochiq protokoldan, shifrlashdan va hisoblash imkoniyalaridan to‘liq foydalanadi. Ushbu taqsimlangan ma’lumotlar bazasini har bir tranzaksiya bundan oldingisini o‘zgartirib yoki yo‘qotib yubormasdan, undan keyingisi yoziladigan elektron buxgalteriya kitobi bilan tenglashtirish mumkin. Bu elektron kitob aktiv, xronologik tartibda yozilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va tizim ishtirokchilari -tugunlar) orasidagi o‘zaro ishonch -konsensus) asosida ma’lumotlarni falsifikatsiya qilishdan himoyalangan.



  1. Raqamli iqtisodiyotda biznes modellarining turlari
      1. Kalit so’z: electron tijorat modellari




Javob:Telekommunikatsiyaning rivojlanishi hozirgi kunda butun dunyo bo'ylab jismoniy shaxslar va kompaniyalar bir-biri bilan elektron aloqa kanallari orqali bog'lanishiga olib keldi. Internet yagona axborot muhitni tashkil qilish vositasi bo'lib, biznesni rivojlanishning yangi bosqichiga o'tishga imkon berdi. Bir tomondan, u ishlab chiqaruvchilarga har xil imtiyozlar bilan iste'molchilarning maksimal auditoriyasiga kirish imkoniyatini taqdim etdi. Boshqa tomondan, bu xaridorlarga elektron interfeyslardan foydalanib, o'zlarining buyurtmalarini ishlab chiqarishni boshqarish tizimiga o'zlari kiritish imkoniyatini berdi. Shunday qilib, so'nggi yillarda elektron biznes va elektron tijorat yirik va kichik firmalar hamda jismoniy shaxslar hayotiga kirib keldi. Elektron tijorat elektron biznesdan nimasi bilan farq qiladi?
Biznes - bu mulkdan foydalangan holda, tovarlarni sotishdan, ishlarni bajarishdan yoki xizmatlar ko'rsatishdan muntazam ravishda foyda olishga qaratilgan va sub'ektlar tomonidan o'zlarining tavakkallari va javobgarligi ostida amaldagi qonunchilikka muvofiq bajariladigan tadbirkorlik faoliyati.
Elektron biznes (e- biznes) - bu global axborot tizimlari imkoniyatlaridan foydalanadigan biznes. Boshqacha qilib aytganda, bu uning muhim qismi axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan biznes yuritish shakli. Elektron biznesning asosiy tarkibiy qismlariga kompaniyani yagona axborot tarmog'i (intranet) asosida tashkil etish, yani ichki sohani va tarmoqlar va Internet orqali sheriklar, etkazib beruvchilar va mijozlar bilan tashqi o'zaro aloqalar (extranet) kiradi.




  1. Yüklə 295,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin