Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi Javob



Yüklə 295,49 Kb.
səhifə68/80
tarix26.12.2023
ölçüsü295,49 Kb.
#197845
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi Javob-hozir.org

Smart grid konsepsiyasi
    1. Kalit so’z: Aqlli energiya tizimi Sun’iy intellekt va energetika




Loyhalashtirish darajasida: energiya manbalarini ishlab chiqarish va talabning yaxshilangan prognozi, energiya ishlab 101 chiqaruvchi uskunalarning ishonchliligini baholash, talab ortib borishi davrida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish.
Ishlab chiqarish darajasida: uskunalarga profilaktik xizmat ko‘rsatishni optimallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yo‘qotishlarni kamaytirish, energiya manbalarini o‘g‘ir-lashni oldini olish.
Siljitish darajasida: har soniya narxlashtirishni optimal-lashtirish va dinamik ravishda narxlarni belgilash.
Xizmat ko‘rsatish darajasida: yuqori foyda keltiradigan yet-kazib beruvchini avtomatik ravishda tanlash, iste’molning batafsil statistikasi, mijozlarga avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish, odat va mijozning hatti-harakatlarini hisobga olgan holda energiya sarfini optimallashtirish. Ilgari surilayotgan “Aqlli shahar” konsepsiyasida hayotimizga butunlay zamonaviy texnologiyalarni joriy etish vazifasi qoʻyilgan, – dedi mazkur vazirlikning boshqarma boshligʻi Abduvahob Abdukarimov. – Bugungi tadbirda elektr energiya, gaz, suv va issiqlik taʼminoti bilan shugʻullanadigan idoralardan kelgan mutaxassislar jamlangan boʻlib, ularga AQSHning “Delta Energy & Communications” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Smart Grid” loyihasi imkoniyatlari tanishtirildi. Ushbu loyiha yagona tizim boʻlib, unda elektr energiya, gaz, suv va issiqlik taʼminotini Wi-Fi tizimi orqali nazorat qilib boriladi. Bu aholining doimiy ravishda tarmoq idoralariga qatnashiga chek qoʻyishi bilan bir qatorda tizimdagi yoʻqotishlar, turli noqonuniy ulanishlarning oldi olinadi, avariya holatlarini oʻz vaqtida aniqlab, tezkor bartaraf etish imkoniyatini beradi. Delta Energy & Communications” kompaniyasi 2014 yilda tashkil etilgan boʻlib, u innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
– Mamlakatingizda amalga oshirilayotgan islohotlar yangi texnologiyalardan unumli foydalanishga keng imkoniyat ochmoqda, – dedi “Delta Energy & Communications” kompaniyasi vitse-prezidenti Kit Teyxman. – Bugun sizning eʼtiboringizga havola etilayotgan “Smart Grid + Wi-Fi 2.0” texnologiyasi jahon sdandartlariga javob beradigan zamonaviy tizim hisoblanadi. Hisoblagichlarning yangi avlodi yagona tizimga jamlangan boʻlib, unda ortiqcha elektr uzatgichlarisiz elektr energiyasini taqsimlash, hisobga olish va nazorat qilish imkoniyati yaratilgan. Shu bilan birga, bu tizimga gaz, suv va issiqlik taʼminotini ulash ham mumkin.
Uchrashuv doirasida “Smart Grid aqlli tarmoq” loyihasi taqdimoti boʻyicha fikr-mulohazalar bildirilib, “Delta Energy & Communications” texnologiyasining texnik platforma pilot loyihasini tatbiq etish boʻyicha kelgusidagi ishlar muhokama etildi.




  1. Yüklə 295,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin