Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida idoraviy xujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati (bundan buyon matnda Siyosat deb yuritiladi) xodimlar orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) yuqori axloqiy meʼyorlarga sodiqligini, shuningdek, Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslikni aks ettiradi.
Siyosat ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari - Foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablarini inobatga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va yetakchi xalqaro amaliyot asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi boshqaruvi Agentlik faoliyatiga qaratilgan.
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu siyosatni faoliyatining ahamiyatini hisobga olgan holda qabul qilishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini, mavjud bo‘lgan korrupsiya xavfi, tajribasi va mavjud manbalari asosida ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari lozim.
Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiyani tubdan yo‘qotishga erishish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish;
Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga bardam berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart- sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash.
Siyosat Agentlikning ichki hujjati sifatida yuqorida ko‘rsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatida korrupsiya bilan bog‘lik huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilab beruvchi asos hisoblanadi.
Mazkur Siyosatning talablari egallab turgan lavozimi va bajaradigan vazifa va funksiyalaridan qatʼiy nazar Agentlik bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan barcha xodimlarga, shu jumladan, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga tadbiq etiladi.
Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalariga ishga qabul qilinayotgan har qanday shaxs ushbu Siyosat bilan imzo qo‘ygan holda tanishishga va uning qoidalariga rioya qilishga majbur.
Ushbu Siyosat maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi: