Raqamli texnologiyalar vazirligi



Yüklə 111,08 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü111,08 Kb.
#202738
1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafa Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha

birinchidan, “Davlat xizmati to‘g‘risida” gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, muhokama qilinayotgan bo‘lsa-da, hali hamon mazkur Qonun qabul qilinganicha yo‘q. Shu sababdan “Davlat xizmati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, shuningdek davlat xizmatchilarining Axloq kodeksini qabul qilish, mazkur normalarda davlat xizmatchilarining o‘z faoliyatini olib borish jarayonida amal qilishi lozim bo‘lgan hamda korrupsiyani vujudga kelishiga imkon yaratib beruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olishga qaratilgan meʼyorlar aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir;
ikkinchidan, xalqaro va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya qilishni tartibga soluvchi normalarni milliy qonunchilik tizimiga implemenetatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o‘z navbatida mansabdor shaxslarning mol-mulkidagi o‘zgarishlarni muntazam ravishda kuzatish imkoniniyatini beradi, deklaratsiyalarning ommaviyligi, yaʼni jamoatchilik uchun ochiqligi esa ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyatini yana-da oshirishi shubhasizdir.
O’zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi haqida
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
(3-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
4-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
5-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
6-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini ta’minlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
Mening sharxim
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi”.


Yüklə 111,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin