Korrupsiyaga qarshi kurash xorijiy tajribani rivojlantirish
Bugun O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi mamlakatda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi. Misol uchun, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida”gi, “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Davlat rahbarining bir qator Farmonlari qabul qilindi.
Shuni alohida qayd etish joiz, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishni bosh maqsad qilgan alohida davlat organini tashkil etish yuzasidan Prezident Farmoni loyihasini tayyorlash bo‘yicha faol saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Loyihada mazkur organning tashkil etilishi va faoliyat yurtishining huquqiy asoslari, maqsad va vazifalari, huquq hamda majburiyatlari, shuningdek, mamlakat Prezidenti va parlamentiga hisobdorlik belgilanishi nazarda tutilishi kerak. Shu munosabat bilan, ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, ayniqsa, bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Biz olib borgan tahlillar korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga institutsional yondashuv bir qator ijobiy jihatlarga ega bo‘lishini ko‘rsatdi. Mazkur muammoga kompleks yondashuvni amalga oshirish, jamiyatda mavjud korrupsiya darajasini pasaytirish borasidagi vazifalarni samarali hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlarning muvaffaqiyat qozongan uchta asosiy faoliyatini misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin:
1) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi chora-tadbirlarni olib borish;
2) tergov vakolatlari, nazorat funksiyalari;
3) boshqa idoralardan mustaqil ravishda o‘z faoliyatini olib borish, faqat davlat hokimiyatining oliy organlariga hisobdor bo‘lish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi xalqaro tuzilma – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tadqiqotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari vakolatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p maqsadli idoralarning modeli kompleks yondashuvning eng yorqin namunasidir. Ushbu turga tegishli bo‘lgan idoralar quyidagi:
– tergov faoliyatini olib borish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘ziga xos siyosatni ishlab chiqish, tahliliy faoliyat, jinoyatlarning oldini olishda ko‘maklashish, fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilish, maʼlumotlarni to‘plash va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining bajarilishini monitoring qilib borish kabi vazifalarni bajaradi.
Bunday modelni Gonkongning korrupsiyaga qarshi kurashish Mustaqil komissiyasi va Singapurning korrupsiya faoliyati bo‘yicha tergov Byurosi bilan tenglashtirish mumkin. Singapur Byurosi o‘z ichiga – tergov, maʼlumot va axborot, ko‘maklashish bo‘limlarini oladi. Bo‘limlar ichida eng kattasi Tergov bo‘lib, u Byuro tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun masʼul sanaladi. Singapur tajribasi bir qator mamlakatlarda joriy etildi. Jumladan, 2005 yilning dekabr oyida Polsha politsiya (jinoyatni fosh qilish) hamda axborot-tahliliy funksiyalarni bajaruvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish markaziy byurosini tashkil etish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Byuro faoliyati Polsha maxsus organlari ishlari bo‘yicha Seyma komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Bu haqda maʼlumot maxfiy xarakterga ega.
Eʼtirof etish kerakki, shunga o‘xshash tajriba Latviya, Litva va Ukraina kabi sobiq ittifoq mamlakatlarida ham qo‘llanilgan. Xususan, Latviyada korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha Byuro mavjud. Bunda qonun chiqaruvchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilikka qatʼiy rioya qilish hamda Byuro faoliyati ustidan parlament nazoratining g‘oyatda samarali mexanizmi nazarda tutilgan. Shuningdek, bunda deputatlik so‘rovlarining umumeʼtirof etilgan amaliyoti, yuqorida qayd etilgan huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlarini maxsus parlament qo‘mitalariga taklif qilish, maxsus “ad hoc” komissiyalarini tuzish va boshqalar qo‘llanilib kelinmoqda.
Biz olib borgan tahlillar korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga institutsional yondashuv bir qator ijobiy jihatlarga ega bo‘lishini ko‘rsatdi. Mazkur muammoga kompleks yondashuvni amalga oshirish, jamiyatda mavjud korrupsiya darajasini pasaytirish borasidagi vazifalarni samarali hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlarning muvaffaqiyat qozongan uchta asosiy faoliyatini misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin:
Yuqorida taʼkidlab o‘tilganidek, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organning korrupsiyaning oldini olish borasidagi vazifalari ham faoliyatning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini oldini olishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlar faoliyatini yuritishda katta tajribaga ega bo‘lgan Fransiya, Ruminiya, Hindiston, Koreya Respublikasi, Finlyandiya, Norvegiya, Daniya kabi qator mamlakatlar mavjud. Masalan, bunga Fransiyada Fransiya Adliya vazirligi shafeligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha idoralararo organ bo‘lgan Markaziy xizmatning tashkil etilishi mantiqiy javob bo‘ladi. Finlyandiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bilan Adliya ombudsmani shug‘ullanadi, u Finlyandiya Prezidenti tomonidan tayinlanadi va boshqa davlat organlaridan mutlaqo mustaqil hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish organining samarali faoliyatida mahalliy bo‘linmalarning roli muhim ahamiyatga ega. Xususan, Germaniya va Avstriya tajribasi ham korrupsiyaga qarshi kurashishda mahalliy tuzilmalarning muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Germaniyaning davlat apparatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy bo‘g‘ini, bu, federal va yer vazirliklari, idoralaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar (odatda bo‘limlar)dir. Avstriyada korrupsiyaga qarshi kurashish bilan maxsus prokuratura shug‘ullanadi. Uning shtab-kvartirasi Vena shahrida bo‘lib, Avstriyaning barcha yirik shaharlarida o‘z filiallariga ega.
Umuman olganda, shuni taʼkidlash lozimki, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan organ vakolat, hokimiyat organlari tuzilmasidagi qoidalar, muassasa rahbarini tayinlash va olib tashlash tartibi, ichki tashkiliy tuzilma, vazifalar, yurisdiksiya, huquq va majburiyatlar, byudjet, kadrlar tarkibini shakllantirish qoidalari (xodimlarni tanlash qoidalari, ayrim hollarda ularning immunitetlari to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalar), boshqa institutlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish (ayniqsa, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari), hisobdorlik hamda hisobot berish tizimi va hokazolar aniq belgilab berilgan qonunchilik bazasiga ega bo‘lishi zarur.
Yuqorida qayd etilgan fikr-mulohazalarni hisobga olish O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organni tashkil etish tashabbusini amalga oshirish, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy va institutsional bazani yana-da takomillashtirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmini joriy etishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |