Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar insonning yashash sharoitlarini, o'z qobiliyatlaridan foydalanishini, insonning avtonomligi va jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarini, shuningdek uning ijtimoiy himoyalanganligini belgilaydi.
Madaniy huquqlar insonning konstitutsiya yoki qonun bilan kafolatlangan va insonning madaniy hamda ilmiy sohada o'zini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadigan inson huquqlari va erkinliklarining maxsus majmuidir.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida quyidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar kafolatlangan:
- shaxsiy mulkka ega bo'lish huquqi (36-modda);
- mehnat va dam olish huquqi (37,38-moddalar);
- ijtimoiy ta'minot olish huquqi (39-modda);
- malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi (40-modda);
- bilim olish huquqi (41-modda);
- ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish erkinligi (42-modda);
- iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini huquqi (53-modda);
- ota-onalar va bolalarning bir-birlariga g'amxo'rlik qilishdagi teng huquq va majburiyatlari (64, 66-modda).
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar – bu inson huquqlarining bir turi bo‘lib, u bizga munosib hayot kechirish, jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlarni kafolatlaydi, bunda har bir kishi farovonlikka erishishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi hamda baxtli bo‘lishi va o‘z hayotidan rozi bo‘lishini ta’minlash nazarda tutiladi.
Shu ma’noda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar insonning asosiy ehtiyojlarini va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydi.
Iqtisodiy huquqlarga mehnat huquqi, majburiy mehnatdan ozod bo‘lish huquqi, adolatli ish haqi olish huquqi, xavfsiz ish muhiti, kasaba uyushmalarini tashkil etish va birlashtirish va boshqalar kiradi.
Ijtimoiy huquqlar sog‘liqni saqlash huquqi, uy-joy huquqi, ta’lim olish huquqi, ijtimoiy ta’minot olish huquqi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Madaniy huquqlarga madaniyat va urf-odatlarni himoya qilish huquqi, jamiyatning madaniy hayotda ishtirok etish, shuningdek, ilmiy yutuqlardan foydalanish va undan foyda olish huquqi kiradi.
So‘nggi paytlarda sog‘lom atrof muhitga bo‘lgan huquq ham ushbu huquqlar doirasiga kiritilmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida ham mazkur huquqlar iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar sifatida bayon etilgan.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar ikkinchi avlod huquqlari hisoblanadi. Ushbu huquqlar turli xalqaro va mintaqaviy hujjatlar, shuningdek davlatlarning konstitutsiyalari bilan himoyalangan. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt ushbu huquqlarni xalqaro darajada kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Xalqaro paktga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 126-I-sonli «1966 yil 16 dekabrdagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga qo‘shilish haqida»gi qaroriga asosan qo‘shilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobi bilan ushbu huquqlar milliy darajada muhofaza qilingan.
.
Xulosa o‘rnida aytganda, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid 2020-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturining Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilishning ikkinchi ustuvor yo‘nalishi, 53-bandida nazarda tutilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida davlat organini tashkil etish, bu boradagi Prezident farmonida mazkur organ faoliyatining huquqiy asoslarini, vazifa va funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini belgilashda xalqaro tajribani atroflicha o‘rganish va uning eng maqbul jihatlarini aks ettirish muhim ahamiyatga ega dolzarb masala hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Axborot portallari
Internet provayder google , Wikipedia.
Konstutsiya va qonuniy xujjatlar asosida.
Dostları ilə paylaş: |