RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Elektron ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan
biri “Ispring” dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat
hollarda Microsoft - PowerPoint dasturiy
ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar
faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet
texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida
taqdimot fayll
arini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rish uchun flash
(swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib,
PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi
dasturlar yaratilgan.
Ta‟lim tizimida electron ta’lim resurslardan foydalanishning ommalashuvini asosiy sababi
sifatida nafaqat pedagoglar uchun, balki, o’quvchilar uchun ham qulay bo’lgan tomonlarining
mavjudligini ko’rsatishimiz
mumkin. Masalan, o’quvchilar o’zlari istagan holda va hohlagan vaqtda
ta‟lim olish imkoniga ega bo’ladi. Bundan tashqari ta’limda electron ta’lim resurslardan foydalanish
orqali quyidagi:
•
pedagog kadrlar yetishmaydigan hududlarda ham o’quvchilarni onlay
n yoki masofaviy shaklda
ta’lim olishlari;
•
o’qituvchi va o’quvchilarning internet tarmog’idan o’zlari istagan fanga oid ma‟lumotlarni olish,
izlash, tarqatish va undan foydalanish;
•
tizimda electron ta’lim resurslardan foydalanish asosida ta’lim samarador
ligini oshirish, vaqt va
mablag’ sarfini kamaytirish;
•
ta‟lim jarayoniga electron ta’lim resurslarni qo’llash orqali o’quvchilarning shunchaki, fanlarni
o’zlashtirishlari emas, balki ularning bilimlarni qay darajada o’zlashtirayotganligi va muammoli
vaziyatlarga tayyorligi hamda ularda tanqidiy tafakkurni shakllanganligi, shuningdek,
o’quvchilarning mustaqil o’z ustida ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirish kabi
imkoniyatlarga ega bo’lamiz.
Bugungi kunda electron resurslarni ta’lim jaray
oniga faol kirib borayotganligining bosh
omili darslarning sifatini ijobiy tomonga o’zgartirishdagi samaradorligi bilan alohida ahamiyat kasb
etayotganligidir. Bunday sifat darajasini yanada yuksalirishda o’qitishning turli vositalari va
electron ta’lim resurslarni qo’llashning yangi strategik loyihalarini ishlab chiqish hamda yuqori
samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan o’quv xonalari, laboratoriyalar,
mediastudiyalarni o’z ichiga olgan markazlarni tashkil etish muhim omil bo’lib xizmat q
iladi.
Elektron ta’lim resurslari yordamida darslarni tashkil etish jarayoni, bunda talabalarning olayotgan
bilimlarini faqat eshitish emas, balki ko‘rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va
tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur anglab etishlarig
a samarali yordam beradi.