Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
taqdimot dasturlari orqali yaratilgan slayd-filmlardan foyda
lanish darsni an’anaviy usuldan 
uzoqlashtiradi, ma’lumotlarning dinamikligini, ko‘rinishini, yuqori darajasini ta’minlaydi, 
o‘rganilayotgan masalaga va umuman fanga talabaning qiziqishini paydo qiladi. Darsga tayyorgarlik 
ko‘rishda pedagog va talaba uchun electron darsliklar, internet ma’lumotlaridan foydalaniladi, didaktik 
materiallar, o‘quv qo‘llanmalar yaratiladi. Ma’ruza mazmuni va materialning taqdimoti talabalarning 
tayyorgarlik darajasiga qarab farqlanadi. Taqdimotni yaratishda uni yaratish maqsadi haqida 
unutmaslik kerak. Buning uchun ma’lum hajmdagi taqdimotni yaratish kerak, chunki ko‘proq 
slaydlarning vizual diapazoni charchoqni keltirib chiqaradi, o‘quvchini o‘rganilayotgan materialning 
mohiyatidan chalg‘itadi. Tushuntirish bilan birga bo‘lmagan “qo‘shimcha” slaydlar bo‘lmasligi kerak. 
Mavzuga aloqador taqdimotga kiritiladigan so‘z ma’nolariga ko‘ra tanlanishi, ulardan eng 
maqbullarigina kiritilishi kerak. Bunda albatta, talabaning bilim va tajribasidan kelib chiqqan holda 
yondashiladi. Taqdimotla
rda matnli ma’lumotlar o‘rnini diagrammalar, rasmlar, chizmalar, video 
parchalari egallashi kerak. Matnlardan iloji boricha kamroq, faqat xabarning asosiy fikrlari shakli ifodasi 
uchun foydalanish kerak. Elektron axborot ta’lim resurslarilari vositalaridan
foydalanish ma’ruzalarni 
o‘qishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘taradi. Biroq, u puxta o‘ylangan bo‘lishi va o‘qitish usullarini 
o‘zgartirish bilan birga bo‘lishi kerak. Multimediya texnologiyalaridan foydalangan holda ma’ruzani 
tashkil etish uchun, birinchidan, ular qanday imkoniyatlarni taqdim etishini bilish, ikkinchidan, ulardan 
oqilona foydalana olish maqsadga muvofiq. Bu taqdimotlarni tayyorlash bosqichi ko‘p vaqtni talab 
qiladi, doimiy takomillashtirishni nazarda tutmasa ham, bugungi kunda kompyuter vositalari dars 
jarayonini takomillashtirishning eng keng imkoniyatlarini ifodalaydi hamda o‘qitishning usul va 
metodlarni yanada rivojlantirish istiqbollari va yo‘nalishlarini belgilaydi. Zamonaviy elektron axborot 
ta’lim resurslarilarining imkoniyatlari keng, ulardan foydalanish ta’lim jarayoni uchun katta 
imkoniyatlarni ochadi. Ular nafaqat ta’lim tizimi, balki butun jamiyat taraqqiyoti yo’lidagi ishlar 
samaradorligini ta’minlay oladi.
Xulosa qilib aytganda, o‘qitishda raqamli innovatsion texnologiyalarni qo‘llash ma’lumotlardan 
tezkor foydalanish, o‘quv materiali mazmunini ochishda audio va video taqdimotlarning o‘zaro 
muvofiqlikda qo‘llanilishi, talabalar bilim saviyalarini muntazam nazorat qilib borish va h.k.lar kabi 
qator afzalliklarga ega. Ele
ktron ta’lim resurslaridan foydalanish ta’lim jarayoni uchun katta 
imkoniyatlar ochadi. Ular nafaqat ta’lim tizimi, balki butun jamiyat taraqqiyoti yo’lidagi ishlar 
samaradorligini ta’minlay oladi. Shu bilan birga, ta’lim oluvchilar bilish faoliyatini faol
lashtirib, bilim va 
ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirishda nazariy tushunchalarni idrok etishning ko‘rgazmalilik darajasini 
oshiradi hamda ko‘nikma va malaka kompetensiyalarini oson egallashlariga imkon beradi. 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin