RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlab, dastlabki kartogrammalarni ishlab chiqishgan. Bu
xaritalar asosida sug‘oriladigan tuproqlarda mikroelementlarning yalpi va harakatchan miqdorlari
bo‘yicha tasnifi ishlab keltirilgan.
Sug
‘oriladigan tuproqlarning biomikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori,
o‘rtacha, kam ta’minlanganlik darajalariga ajratilgan bo‘lib, tuproqlardan samarali faydalanishda
ekologik toza, sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish uchun ha
m tuproqdagi
biomikroelementlarni chuqur biogeokimyoviy tahlili va raqamli xaritalarini tuzishni zarurati bor.
Bu guruh mikroelementlarga asosan mis, rux, marganets, bor, kobalt, molibdenlar kiradi.
O‘simliklar orqali hayvonot dunyosi va insonlarni bu elementlarga bo‘lgan talabi qondiriladi. Shu
bois ushbu elementlarni tuproqdagi miqdori, migratsiya va akkumulyatsiyasi katta nazariy va
amaliy ahamiyat kasb etadi. Ko‘pchilik olimlarning tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu
mikroelementlarning miqdori tuproqning qator xossalariga, xususan, mexanik tarkibiga va qatlam
qalinligiga bog‘liq.
Fermer xo‘jaliklari tuproqlarida o‘simliklar uchun mikroelementlar yetishmasligini
o‘rganishda yirik masshtabli kartogrammalar tuzish kerakligini o‘z davrida olimlar tomonidan
ta’kidlangan. Keyingi kunlarda agrotexnik tadbirlar mobaynida NPK li mineral o‘g‘itlarni yuqori
meyorda solish amaliyoti bir necha bor oshdi. Ye.K.Kruglova, M.Aliyeva va boshqalarning
ta’kidlashicha, ushbu mineral o‘g‘itlarni meyorini oshirilishi g‘o‘za va bos
hqa ekinlarda hosil
miqdorini ortishiga olib kelmayapti, aksincha tuproqning fizik, kimyoviy, qolaversa biologik
xossalarini o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi, faqat tuproqqa kam miqdorda o‘simliklarga oson
o‘zlashadigan mikroelementlarni kiritish 10
-12% ga hosil miqdorini oshirishga olib kelmoqda.
Mikroelementlar o‘simliklarda kechadigan ko‘plab fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda
ishtirok etadi. Ular ko‘pchilik fermentlar, vitaminlar, o‘suv moddalari tarkibiga kirib, biokimyoviy
jarayonlarni biologik tezla
tuvchi va boshqaruvchi rolini ta’minlaydi.
Shohimardonsoy konus yoyilmasi “Inoyatxon Shahnoza” nomli fermer xo‘jaligining
tuproqlari harakatchan Zn miqdoriga ko‘ra kam ta’minlangan guruhga kirishi o‘rganilgan (1
-
jadval).