268
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING
YANGI
O‘ZBEKISTON
RIVOJIGA
TA’SIRI
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
SHOHIMARDONSOY KONUS YOYILMA TUPROQLARIDA BIOMIKROELEMENTLAR
BIOGEOKIMYOSI
Abduxakimova Xusnidaxon Abdullayevna
b.f.f.d., dotsent
,
Farg‘ona davlat universiteti
Abdulazizov Asilbek Abdulahad o‘g‘li
Toxirova Madinaxon Rasuljon qizi
Talabalar,
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya:
Maqolada Shohimardonsoy konus yoyilmasi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarida
biomikroelementlarning tirik organizmlardagi biokimyoviy va fiziologik
jarayonlarida ishtirok
etishi, bu esa ularning biogeokimyoviy oziqa za
njiri bo‘ylab faol migratsiyasi bilan birga kechishi
keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: tuproq, geokimyoviy landshaft, akkumullyatsiya, biomikroelement, o‘simlik,
barer, ta’minlanganlik darajasi, og‘ir metallar.
Dolzarbligi.
Sug‘orib dehqonchilik qilinadigan tuproqlar bu bizning eng katta boyligimiz
bo‘lib,
hozirgi kunda radionuklidlar, og‘ir metallar, qo‘llanilayotgan mineral va organik o‘g‘itlar
bilan birga unga ta’sir
qiluvchi ortiqcha elementlar, moddalardan muhofaza qili
shga muhtoj. Bu
komponentlar, ya’ni elementlar miqdori va sifati tuproq xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish,
monitoringini yuritishni talab etmoqda.
Shu o‘rinda tuproq xossalari va morfologik belgilariga, bu xossalar orqali esa o‘simliklarning
vegetatsiya
davri, hosildorligi, hosil tarkibi va sifatiga ta’sir etuvchi bir guruh kimyoviy elementlarni
keltirishimiz mumkin. Bu guruhga sug‘oriladigan tuproqlar sharoitida temir, marganets, mis, rux,
kobalt, bor, nikel, litiy, stronsiy va boshqalarni kiritish mumkin. Bu mikroelementlarni tuproqdagi
miqdorlarini
aniqlash, meyorlashtirish va doimiy ravishda monitoringini olib borish nazariy va
amaliy ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot usuli.
Farg‘ona vodiysi janubidagi bo‘z tuproqlar mintaqasidagi Shohimardonsoy
konus yoyi
lmasida shakllangan tuproqlari, madaniy o‘simliklarida biomikroelementlarning tarkibi
va miqdorini aniqlashda Kruglova hamda Verigina usuli bo‘yicha amalga oshirilgan.
Dostları ilə paylaş: