Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   355
15-8-PB

Tadqiqot natijalari.
Ushbu sohada bir guruh olimlar tomonidan yuqoridagi elementlar 
uchu
n tuproqdagi ruxsat etilgan chegaraviy ulushlari ishlangan bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil 
etadi, ya’ni Fe
-3000, Mn-1500, Cu-40, Zn,-150, Co-50, B-100, Ni-45, Li-30, Sr-320 mg/kg. Suvda esa 
ruxsat etilgan konsentratsiya tuproqdagiga nisbatan barcha elementlar uchun bir necha barobar 


269 
 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
kam bo‘lib, ma’lumotlarga ko‘ra quyidagicha: Fe
-0,3, Mn-0,1, Cu-1,0, Zn,-5,0, Co-0,1, B-0,5, Ni-0,1, 
Li-0,03, Sr-
7,0 mg/l ko‘rinishga ega. Keltirilgan miqdorlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, 
elementlarning miqdori o‘rtasidagi 
farq 100-3000 barobargacha farq qilmoqda, bu albatta 
elementlarning kimyoviy, geokimyoviy va boshqa xususiyatlari bilan bog‘liq hisoblanadi. 
Sug‘orilidigan tuproqlarda haydov va haydov osti qatlamlarida hamda karbonatli
-illyuvial 
qatlamida o‘rganilgan ele
mentlar har xil klark miqdorlarini hosil qiladi. Bu miqdorlarni faol qatlam 
hisoblangan haydov qatlam nisbatan konsentratsiya klarki (KK) geokimyoviy spektri yoki 
monitoringi spektri quyidagi rasmda tasvirlangan. Tasvirga ko‘ra marganets, temir, rux, mis, 
nikellarning miqdorlari, ya’ni klark ko‘rsatkichlari haydov osti va uning ostidagi qatlamda haydov 
qatlamiga nisbatan ko‘p.
Aksariyat o‘rganilgan sug‘oriladigan gidromorf tuproqlardagi mikroelementlarning 
geokimyoviy spektri o‘zaro yaqin bo‘lib, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
1-
rasm. Sug‘oriladigan tuproqlarda mikroelementlar geokimyoviy spektri
 
Tabiiyki, bu ko‘rsatkichlarni hamma tuproqlar uchun ham to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. 
Adabiyotlarda berilishicha, har xil qishloq xo‘jalik ekinlari turli xil tuproqdagi mikroelementlarga 
xilma-
xil munosabat bildiradi. Bu holatlar g‘o‘za, bug‘doy, suli, kartoshka,
sholi va boshqa 
o‘simliklarning marganetsga bo‘lgan talabi ma’lumotlarga ko‘ra nisbatan yuqori ekanligi, mis 
elementiga bo‘lgan ehtiyoji esa marganetsga nisbatan 2
-3 barobar kamligidan dalolat beradi.
Sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘g‘ri va samarali 
joylashtirishda, monitoring tadqiqotlarini olib borishda bu kabi tadqiqotlar amaliy yordam beradi. 
Har bir tuproq, o‘simlik navi, uning rivojlanish fazasi aniq bir element yoki elementlar guruhiga 
nisbatan individual 
xarakterga ega bo‘ladi. Shunga qaramasdan nisbiy ko‘rsatkichlar bo‘lsada, 
ayrim xuloslarga olib keladi.


270 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin