Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ
-4486-
sonli qaroriga bi
noan, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy 
etish, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish 
masalalari asosiy vazifalardan qilib belgilangan[1,2,3,4 ] 
Asosiy qism.
Tomchilatib sug‘orish tizimlarini yaratishning asosi 1886 yilda hozirgi 
Afg‘oniston hududida suvni sopol quvurlar yordamida har bir daraxtning ildiz qismiga yetkazi

berishni tadqiq qilishdan boshlangan. 1913 yilga kelib AQShning Kolorado universiteti 
tadqiqotchisi B. Xauz tomonidan o‘simlikning faqatgina ildiz qatlamini namlash asosida sug‘orishga 
ishlatilayotgan suv miqdorini kamaytirish tizimini ommaga namoyish qilgan. 1920 yillar davomida 
Germaniya olimlari sug‘orishga suvni 
- 5 - teshikli quvurlar asosida berish vositasida boshqariluvchi 
sug‘orish tizimini ishlab chiqdilar. Lekin ushbu sug‘orish usullarining samaradorligi zamonaviy 
tochmchilatib sug‘orish tizimlari samaradorligidan ancha past edi. O‘zbekiston sharoitida 
tomchilatib sug‘orish tizimlari asosan 1975 yildan boshlab tajriba tariqasida bog‘ va uzumzorlarda 
tadbiq qilina boshlagan. 
Tomchilatib sug‘orish ekinlarni sug‘orish usullari orasida nisbatan yangi
sanaladi va uning 
o‘ziga xosligi suvni bosim ostida o‘simlikkacha yetkazib berishi bilan belgilanadi. Tomchilatib 
sug‘orish tizimi o‘simlikning suvga bo‘lgan ehtiyojiga teng miqdordagi suvni zarur muddatda uning 
ildiz qatlamiga yetkazib berishga mo‘ljalla
ngan suv taqsimlovchi doimiy tarmoqdan iborat. 
Boshqa sug‘orish usullaridan tomchilatib sug‘orishning farqli jihati shundan iboratki, 
mazkur sug‘orish usulida tuproqning namligi va uni yaratish uchun berilayotgan suv boshqariladi. 
Odatdagi egatlab sug‘orish usulida suv egatga oqizilgandan so‘ng dalaning bir qismida tuproqning 
namligi xaddan ortib ketsa, boshqa qismida suv yaxshi oqmaganligi tufayli tuproq yaxshi 
namlanmaydi. Tomchilatib sug‘orishda esa suv har bir ekinning ma’lum davrdagi ehtiyojiga mos 
rav
ishda dala bo‘ylab bir tekisda beriladi. Shunday qilib dalaning ekin joylashgan joylari bir xilda 
namlanadi. Tuproqda ortiqcha namlikning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Egatlab sug‘orilganda 
sug‘orishdan keyin tuproqda namlikni haddan ziyod ortishi ekinni suvga bo‘ktirsa, 16 sug‘orishlar 
orasidagi vaqtning uzoqligi oqbatida tuproq qurib ketib o‘simlikni suvsiz qoldiradi. Navbatdagi 
sug‘orishda ekin yana suvga bo‘kadi, undan keyin esa yana suvsiz qoladi, ya’ni stress holatlarga 
tushadi. Natijada o‘simlik
o‘z energiyasini shu stress holatlarni yengishga sarflashga majbur bo‘ladi 
va bir tekis rivojlana olmaydi. Tomchilatib sug‘orishda esa ekin ildiz qatlamining namligi bir xilda 
ushlab turiladi va ekin bir tekis rivojlanadi. Tomchilatib sug‘orishda ekinning
ildizi rivojlanadigan 
tuproq qatlamida o‘simlik uchun optimal bo‘lgan tuproqning suvfizik rejimi yaratiladi.
Ushbu tomchilatib sug‘orish tizimlarni hamma joyda, hatto boshqa sug‘orish usullarini 
qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki sug‘orish yaxshi samara bermaydigan sharoitlarda ham qo‘llash 
mumkin. Buning uchun tomchilatib sug‘orishning muayyan hududni o‘ziga xos sharoitlari va 


273 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin