Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari – ob’yektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki voqeaning Yangi xususiyati to’g’risida axborot olish uchun ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi – inson yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi.
Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalarining maqsadi esa – axborot ishlab chiqarish bo’lib, uni tahlil etish va uning asosida biror ‒ bir harakatga qo’l urish uchun tegishli qaror qabul qilish.
Ma’lumki, bitta va faqat o’sha moddiy resursga nisbatan har xil buyum yoki mahsulot olish mumkin. Axborotlarni qayta ishlash texnologiyasiga nisbatan ham Shunday bahoni bersa bo’ladi.
Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari. Axborotlarni yig’ish, uzatish, to’plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari deb yuritiladi.
Moddiy va axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy komponentlarini qiyoslash 1 ‒ jadvalda berilgan.
Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari avtomatlashgan va an’anaviy(qog’oz) ko’rinishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog’liq.
Avtomatlashtirish ‒ bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti ‒ harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo’lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi.
1 ‒ jadval.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologiya komponentlari
|
Moddiy mahsulot
|
Axborot mahsuloti
|
Xom ashyo va materiallar tayyorlash
|
Ma’lumotlar yoki boshlang’ich axborotlarni yig’ish
|
Moddiy mahsulot ishlab chiqarish
|
Ma’lumotlarni qayta ishlash va yakuniy axborotlarga ega bo’lish
|
Iste’molchilarga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish
|
Uning asosida qaror qabul qilish uchun yakuniy axborotlarni uzatish
|
Har qanday axborot texnologiyasining maqsadi ‒ belgilangan tashuvchi vositada talab qilingan sifat darajasida kerakli axborotlarni olishdir. Ayni paytda axborotlarni qayta ishlash jarayonining tezkorligi va ishonchliligi, axborot resursidan foydalanish jarayonining ko’p mehnat talab qilishiga, ma’lumotlarni qayta ishlash qiymatiga nisbatan cheklashlar bor.
Texnologiyalar yadrosi
Texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash
tarmoqlari
1.3 – rasm. Texnologiyalar tarkibi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, texnik xodimlarga axborotlarni qayta ishlash va qaror qabul qilishda, o’z vaqtida ishonchli va kerakli hajmda axborot olish, avtomatlashtirilgan ofislar tashkil etish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo’llagan holda tezkor majlislarni o’tkazish uchun mo’ljallangan zamonaviy axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Axborotlarni uzatish va almashtirishga ehtiyojni insoniyat o’z rivojlanishining eng dastlabki pallalaridayoq sezgan. Agar boshida axborotlarni uzatishni jadallashtirish uchun gulxanlar, choparlar, keyin pochta semaforli telegraf va boshqalardan foydalanilgan bo’lsa, elektr telegraf va telefonning kashf qilinishi bilan axborotlarni uzatish imkoniyatlari tubdan o’zgardi. Radio va televideniya, keyin kompyuterlar, aloqaning raqamli tizimlari va hisoblash tarmoqlarining kashf qilinishi, 1978 yilda birinchi SHKning kashf qilinishi va uning axborotlarni jamlash, qayta o’zgartirish hamda uzatishnint xuddi uskunaviy vositasi sifatida benihoya tez tarqalishi va rivojlanishi Yangi avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini amalda inson faoliyatining barcha sohalariga tadbiq etishga imkon berdi. Aloqa vositalari axborotlarni ishlab chiqish, jamlash va aks ettirish sohasidagi yutuqlarini integratsiyalash AATexlarini shakllanishiga ko’maklashdi (1.4 ‒ rasm).
1978 y
1978 y
1956 y
1945 y
1922 y
1875 y 1895 y
1.4 – rasm. Texnik yutuqlar asosida AATexni shakllantirish.
AATexning asosini quyidagi texnik yutuqlar tashkil qiladi:
magnitli va optik disklar kabi mashina manbalarida axborotlarning katta hajmlarini jamlash vositalarini yaratish;
amalda er sharining istalgan nuqtasida axborotlarni qabul qilish, foydalanish va uzatishga imkon beruvchi radio va televizion aloqa, teleks, telefaks, aloqaning raqamli tizimlari kompyuter tarmoqlari, kosmik aloqa kabi turli xildagi aloqa vositalarini yaratish;
belgilangan algoritmlar bo’yicha axborotlarni ishlab chiqish va aks ettirishga bilimlarni jamlash va generatsiyalashga imkon beruvchi kompyuterlarni, ayniqsa, shaxsiysini yaratish.
Axborotlar turlari bo’yicha tasniflanadi. Ilmiy axborot – bu tabiat, jamiyat va tafakkurning ob’yektiv qonunlarini eng to’liq aks ettiruvchi axborotdir. U olinish yoki foydalanish sohasi bo’yicha siyosiy, iqtisodiy, texnik, biologik, fizik, belgilanishi bo’yicha ommaviy va maxsusga bo’linadi.
Tashkiliy boshqaruv tizimlarida kishilarni boshqarish bilan bog’liq iqtisodiy axborot va texnik ob’yektlarni boshqarish bilan bog’liq texnik axborotlar farqlanadi.
Iqtisodiy axborot moddiy boyliklar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish, avtomatlashtirilgan iste’mol qilish jarayonlarini aks ettiradi. Iqtisodiy axborot ko’proq ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog’liqligi sababli, u ko’pincha ishlab chiqarish axboroti deb ataladi.
Iqtisodiy axborot natijaviy axborotning ko’pgina turlarini olish uchun katta hajmi, ko’p martalab foydalanilishi, mantiqiy operatsiyalarning katta soni va nisbatan murakkab bo’lmagan matematik hisob-kitoblar bilan ta’riflanadi.
Bozor munosabatlari sharoitlarida axborotlar va axborot – kommunikatsiya texnologiyalariga o’sib borayotgan talab Shunga olib keladiki, axborotlarni ishlab chiqishning zamonaviy texnologiyasi texnik vositalar va, eng avvalo, SHK, kommunikatsiya vositalarining juda xilma-xil turlarini qo’llashga mo’ljallangan. Ular asosida nafaqat axborotlarni jamlash, saqlash, qayta ishlash, balki terminal qurilmalarni mutaxassis yoki qaror qabul qiluvchi rahbarning ish joyiga judayam yaqinlashtirish maqsadida turli konfiguratsiyalardagi hisoblash tizimlari va tarmoqlari tashkil qilinadi. Bu AATex ko’p yillik rivojlanish yutug’idir.
1950 ‒ yillarning oxirida EHMning paydo bo’lishi va ulardan foydalanish imkoniyatlarining jadallik bilan takomillaShuvi boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish, axborot mahsulot va xizmatlar bozorini shakllantirish uchun haqiqiy shart-sharoitlarni yaratdi. AATex rivojlanishi axborotlar ishlab chiqish va uzatish texnik vositalari Yangi turlarining paydo bo’lishi, eHM va SHK foydalanishning tashkiliy shakllarini takomilla-shishi, infratuzilmani kommunikatsiyalar Yangi vositalari bilan to’ldirilishi bilan parallel ravishda bordi.
Dostları ilə paylaş: |