Raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati


Uzoq muddatli oraliqda o`rtacha xarajatlar



Yüklə 315,85 Kb.
səhifə5/13
tarix22.05.2023
ölçüsü315,85 Kb.
#119970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
14 Raqobatlashgan bozorda firmaning muvozanati

Uzoq muddatli oraliqda o`rtacha xarajatlar LAC grafigi
Grafikda Q* dan chap tomonda yotgan qismida masshtab samarasi musbat (o`suvchi), Q* dan o`ng tomonda yotgan qismida masshtab samarasi manfiy va nihoyat Q* ning kichik atrofida u o`zgarmasdir (Q1Q2 oraliqda). Ishlab chiqarish hajmi Q* firmaning uzoq muddatli oraliqdagi samarali razmerini (quvvatini) ifodalaydi.
Uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar (LAC ) bilan qisqa muddatli o`rtacha xarajatlar ( SAC ) o`rtasidagi munosabatni quyidagi quyidagi rasmdan ko`rish mumkin.

Masshtab samarasi o`sganda va qisqarganda uzoq va qisqa muddatli oraliqlardagi o`rtacha xarajatlar grafigi
Faraz qilaylik, firma razmerini (quvvatini) tanlash bo`yicha besh xil variant mavjud. Har qaysi razmerdagi firma uchun qisqa muddatli o`rtacha xarajatlar quyidagicha SAC1, SAC2 , SAC3 , SAC4 , SAC5. Uzoq muddatli oraliqda barcha resurslar o`zgaruvchan bo`lgani uchun, barcha xarajatlar ham o`zgaruvchan bo`ladi. Firma har qanday berilgan ishlab chiqarish quvvatidan umumiy va o`rtacha xarajatlarni minimallashtiradi. Shuning uchun ham uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar (LAC) grafigi qisqa muddatli oraliqdagi o`rtacha xarajatlar grafiklarini bir-biriga tutashtirish orqali hosil qilinadi. Yuqoridagi rasmda beshta qisqamuddatli oraliqdagi o`rtacha xarajatlar grafiklari orqali uzoq muddatli oraliqdagi o`rtacha xarajatlar grafigi keltirilgan. Agar biz firma quvvatlarini yanada kichik o`zgarishlar orqali o`zgartirsak (qisqa muddatli oraliqlarni yanada kichiklashtirsak) LAC chizig`i silliq botiq chiziqqa yaqinlashib boradi. Uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar ishlab chiqarish hajmining mumkin bo`lgan barcha qiymatlari uchun cheksiz qisqa muddatli oraliqdagi o`ratcha xarajatlar grafiklarini uzluksiz silliq birlashtiruvchi chiziq orqali ifodalanadi. Agar ishlab chiqarish masshtabi samarasi o`zgarmas bo`lsa, uzoq muddatli o`rtacha xarajat grafigi to`g`ri chiziqdan iborat bo`ladi.

Rasmdan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqarish quvvati Q1 va Q3 ga o`zgarganda LAC o`zgarmayapti. Uzoq muddatli oraliqda tarmoq tarkibidagi firmaning muvozanat holati bozorda shakllangan narx Pe ning ushbu firmaning o`rtacha
xarajatlari minimumiga tengligi bilan belgilanadi: Pe  min LAC(Qe) .

Qisqa muddatli oraliqda bozor taklifi firma taklif chiziqlari yig`indisi orqali topilardi. Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni firma takliflarini qo`shish orqali aniqlab bo`lmaydi. Nima uchun deganda, uzoq muddatli oraliqda bozor narxining o`zgarishiga ko`ra firmalar bozorga kiradi yoki undan chiqadi. Bu o`z navbatida firmalar taklif chiziqlarini qo`shib bo`lmasligini ko`rsatadi (qaysi firmalar bozorda qolayotganligini biz bilmaymiz). Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni aniqlashda ishlab chiqarishhajmining kengayishini faqat resurslardan foydalanishning kengayishi hisobidan bo`ladi, deb faraz qilinadi. Ixtiro va texnologiyaning ishlab


chiqarishga ta‘siri o`zgarmas deb qabul qilinadi. Uzoq muddatli oraliqdagi umumiy taklifning shakli tarmoqda ishlab chiqarish hajmi o`sishining yoki kamayishining foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari narxiga ta‘siri darajasiga bog`liqdir. Shuning uchun ham uch turdagi tarmoq xo`jaligi qaraladi: xarajatlari o`zgarmas, o`suvchi va kamayuvchi tarmoqlar.

Yüklə 315,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin