Funksiyasi va vazifalari
|
Vakolatlari
|
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o‘rtasida taqsimlash, budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish.
|
Budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda G‘aznachilikda ro‘yxatga olinishi shart va faqat u amalga oshirilgandan keyin kuchga kiradi;
|
Tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan yagona g‘aznachilik hisob raqamida bo‘lgan Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish;
|
Tashkilotlar nomidan va ularning topshirig‘iga ko‘ra g‘aznachilik tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda xizmat ko‘rsatuvchi banklarga vositachilik haqlarini hisob-kitobning akkreditiv shaklidan foydalangan holda to‘lash ularning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
|
G‘aznachilikning, budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobiga to‘lash uchun qabul qilingan, Davlat xaridlari yagona axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar bo‘yicha axborot bazasini tashkil etish va muntazam yangilab borish;
|
YuMMR buyurtmalarida kamchiliklar aniqlanganida, g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasida kamchiliklarini ko‘rsatgan holda uni buyurtmachining mas’ul xodimiga qaytaradi.
|
Xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash;
|
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan ular tomonidan G‘aznachilikka ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etiladigan shartnomalarning sifatini, maqsadga muvofiqligini va narx yechimlarini baholash uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda talab qilish;
|
Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborot yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
|
Belgilangan tartibda Davlat budjeti bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga va boshqa aktivlarga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek budjet ssudalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga o‘tkazish;
|
O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi gumanitar yordamning to‘liq hamda tizimli hisobini yuritish.
|
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning ularning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan G‘aznachilikda (uning hududiy bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalaridan kelib chiqadigan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari to‘lovi bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ijro etish uchun qabul qilmaslik;
|