Maqsad: o’quvchilarga og`ochga ishlov byerish asboblaridan to`g`ri foydalanib, buyumylar yasashni o’rgatish.
Vazifalar: - o’quvchilarga yog`ochga ishlov berish asboblaridan to`g`ri foydalanishni o’rgatish;
- go`niya rejalash asbobidan foydalanish va uning imkoniyatlariga oid bilim, ko’nikmalarni shakllantirish;
- go`niya yasash ish ketma-ketligi va texnologik chizmasining tuzilishini o’rgatish;
- amaliy ish vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rgatish.
O’quvchilar duradgorlikda ishlatiladigan yog`ochga ishlov berish asboblaridan to`g`ri foydalanishni, go`niya rejalash asbobidan foydalanish va uning imkoniyatlariga oid bilim, ko’nikmalarni, ish ketma-ketligi va texnologik chizmasining tuzilishini, amaliy ish vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rgatish.
O’qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilarning mashg’ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Amaliy mashg’ulotlar jarayonida barcha o’quvchilarni baholashga erishadi.
O’quvchi: mavzu bo’yicha yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari rivojlanadi. O’z-o’zini nazorat qilishni va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi va baholanadi.