175
Ilm-fan va ishlab chiqarish birlashishining yana bir asosiy imkoniyatlaridan biri
raqamli texnologiyalar transferining bozoriy mexanizmini yaratishdir.
Raqamli
texnologiyalar transferi
jarayonini tezlashtirish uchun mamlakatdagi korxonalarni
olimlar bilan hamkorlikda yangi raqamli texnologiyalarni topa olishiga va
olimlarning biznes topshiriqlarni bajara olishiga qiziqish uyg’otadigan mexanizmni
yaratish kerak bo’ladi. Bu mexanizm sifatida raqamli texnologiyalar transferini
amalga oshirish uchun tashkil qilingan konsortsiumlarga davlat tomonidan yordam
berilishini ko’rsatish ham mumkin. Agarda korxona
olimlar tomonidan ishlab
chiqarilgan yangilikni bozorga olib chiqishga tayyor bo’lsa, uning ilmiy
tashkilotlardagi mualliflari o’z ilmiy natijalarini ishlab chiqarishgacha yetkazishga
tayyor bo’lsalar, u holda ushbu faoliyat loyihalashtirish asosida davlat tomonidan
moliyalashtirilishi lozim. Bu holatda raqamli texnologiyalarni oxirigacha yetkazish
uchun ketgan mablag’larni to’liq yoki qisman davlat tomonidan qoplanishi zarur,
ilmiy tekshirish instituti esa tayyor mahsulotni sotishdan olingan foydaning bir
qismiga ega bo’lishi nazarda tutilishi kerak (
shundagina u konsortsiumda
to’laqonli ishtirok etishga qiziqish bildiradi
).
Raqamli innovatsion faoliyat doirasidagi korxonalarning faolligi yuqorida
keltirilgan innovatsion tashkilotlar bilan aloqasi qanchalik yaxshi yo’lga
qo’yilganligi bilan aniqlaniladi. Raqamli innovatsiyalar yaratish jarayonida
innovatsion
firmalar fan, texnika, texnologiya va iqtisodiyot sohalaridagi
ma’lumotlar bilan ta’minlanishlari hamda moliyaviy, huquqiy va siyosiy jihatdan
qo’llab-quvvatlanishga erishishlari lozim. Shuning uchun ham bilimlarga
asoslangan raqamli iqtisodiyotda innovatsion yoki yaratuvchanlik
infratuzilmasi
juda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: