Piramidaning yana bir turi ko’p bosqichli marketing (
multi-le v el marketing -
MLM ) deb ataladi. U yuqoridagi piramidadan printsipial jihatdan farq
qilmaydi, lekin unda nafaqat yangi a’zolar jalb qilinadi, balki biror bir real tovar
sotilishi xam tashkil qilinadi. Masalan, rasmlar, parfyumeriya maxsulotlari, dietik
oziq-ovqat maxsulotlari, oziq-ovqatga
«qimmatli va foydali » bioqo’shimchalar,
meditsina preparatlari va xakozolar. Oddiy sotuv shaxobchalarida bunday tovarlar
unchalik chaqqon sotilmasligi uchun (
chunki ular ancha qimmat va unchalik foydali xam emas) uni kuchli va ta’sirli reklama asosida piramida a’zolariga sotish
amalga oshiriladi. Bunda asosiy shart – ma’lum miqdordagi oylik sotuv xajmiga
erishishdir. Piramida a’zolari distribyuterlar deb ataladilar va sotuvdan tushgan
mablag’ning bir qismiga egalik qilish xuquqiga egadirlar. Lekin pulning asosiy va
katta qismi bunday turdagi piramidani tashkil qilgan asoschilar xamyoniga tushadi,
albatta.
Investitsiyalar bilan bog’liq Internet firibgarligi usulida Sizga faqat
Internet orqali amalga oshadigan va tezlik bilan boyib ketishingizga olib keluvchi
tadbirda ishtirok etishingiz taklif qilinadi. Masalan, Sizga ma’lum bir miqdordagi
mablag’ni biror bir ajoyib loyixaga investitsiya qilishingiz so’raladi va oyiga katta
miqdordagi foiz to’lash va’dasi beriladi. Siz o’z pulingizni jo’natganingizdan so’ng
ma’lum bir muddatda oyiga foizlarni va’da qilingan miqdorda olib xam turasiz va
shuning uchun bunga boshqalarni xam jalb qila boshlaysiz. Aslida esa bu loyixa
fiktiv bo’lib, foizlar xilma xil insonlarning pulini ustalik bilan bir biriga qayta
jo’natish kombinatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Lekin bir kunmas bir kun
shunday noqulay vaqt keladiki, Sizning pulingiz ham, foizingiz ham izsiz g’oyib
bo’ladi. Misol sifatida