230
sizga plastik kartangiz ma’lumotlarini va pin-kodini ko’rsatish so’raladi. Agar siz
bu ma’lumotlarni kiritsangiz, firibgarlar ushbu ma’lumotlar asosida xuddi siznikiga
o’xshash kalbaki plastik kartalar tayyorlab, ular yordamida sizning bankdagi
pullaringizni o’maradilar. Demak, siz o’z shaxsiy ma’lumotlaringizni firibgarlar
ko’rsatgan saytda qoldirib, ularga o’z mablag’laringizni o’z qo’llaringiz bilan
topshirasiz-qo’yasiz. Bunday firibgarlikning yana bir turi sifatida fuqarolarning
mobil telefonlariga bank nomidan kredit to’lovlari bo’yicha qarzdorlikni to’lash
haqida qo’ng’iroq qilinadi. Agar fuqaro ularga bankdan hech qanday kredit
olmaganligini bildirsa, «
bank xodimi
» mojaroga aniqlik kiritish bahonasida undan
plastik kartasining ma’lumotlarini ko’rsatishni yoki aniqlashtirishni so’raydi. Agar
bu ma’lumotlar oshkor etilsa, plastik kartadagi pullarga firibgarlar biror bir internet
magazindan o’zlari uchun kerakli narsalarni sotib oladilar. Shuni yoddan
chiqarmaslik kerakki, banklar va to’lov tizimlari hech qachon fuqarolarning
shaxsiy ma’lumotlarini elektron xatlar orqali so’ramaydilar va ularning mobil
telefonlari orqali bu ma’lumotlarni aytishni iltimos qilmaydilar. Agarda ularga
bunday ma’lumotlar kerak bo’lib qolsa, fuqaro banka shaxsan kelishi taklif etiladi.
Dostları ilə paylaş: