233
va miya faolligi susayishi kuzatiladi xolos. Shunday qilib, «
raqamli narkotiklar
»
xaqidagi ma’lumotlar pul ishlash uchun o’ylab topilgan firibgarlarning yana bir
antiqa xiylasidir.
Mahsus turdagi viruslar yordamida amalga
oshiriladigan kiberfiribgarliklar
Barchamizga ma’lumki, internetda tarqatiladigan viruslar sonini sanab
sanog’iga yetish mumkin emas. Kiberfiribgarlar tomonidan ishlab chiqilgan va
internetda faoliyat ko’rsatadigan zararli dasturlardan biri
Trojan.Encoder.20
hisoblanib, ushbu dastur shunday dasturlar kodlari joylashtirilgan saytlar orqali
bilintirmasdan bu saytga kirgan foydalanuvchilar kompyuterlariga yuklantiriladi.
Bu dastur foydalanuvchi kompyuteridagi barcha fayllarni shifrovka qilgandan
so’ng, o’z-o’zidan yo’qoladi. Endi foydalanuvchi o’z fayllarini ochmoqchi bo’lsa,
ularda bu fayllarni ochish (
yoki rasshfrovka qilish
) uchun firibgarlarga SMS orqali
ma’lum bir miqdordagi pul to’lash so’raladi (
10 dollardan 89 dollargacha
). Agar
shunday virus kompyuteringizga tushib qolsa, uni yo’qotish uchun Dr. Web
tomonidan ishlab chiqilgan tekin utilitani kompyuteringizga yuklab olish tavsiya
etiladi.
Dostları ilə paylaş: