237
so’rashgan. Pul o’tkazish tasdiqlangandan sung, tashkilot
mutaxassisi kredit
olmoqchi bo’lgan insonning oldiga kelib, kerakli xujjatlarni birgalikda to’ldirgan
va
unda shu jumladan, ushbu xodimga pullar fuqaroning o’z xoxishi bilan
o’tkazilgani xaqida imzo qo’yilgan xujjat berilgan.
Shuning uchun ham
internetdagi imtiyozli kreditlar olishga yordam berish xaqidagi takliflarga ishonib
yurmang. Chunki «
Tekin ovqat faqat qopqondagina bo’ladi!
»
Qopqon saytlar vositasidagi firibgarliklar
Masalan, ushbu usuldagi firibgarlikda
maxsus sayt tashkil qilinib, unda
«
Bojxona organlari tomonidan konfiskatsiya qilingan tovarlar arzon narxlarda
sotiladi
» degan ma’nodagi soxta e’lon joylashtiriladi. Bu
saytlardagi
mobil
telefonlar, fotoapparatlar, noutbuk kompyuterlar va boshqa maishiy buyumlar juda
arzon narxlarda sotilishi xaqidagi e’lonlarni misol sifatida ko’rsatish mumkin.
Ammo xaridor bu buyumlarni faqatgina 100 foiz oldindan to’lov shartlaridagina
xarid qilishi mumkin. Firibgarlar
pulni olgandan sung, uni o’z maqsadlarida
bemalol ishlataveradilar. Bu usul vositasida fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori
esa bir necha million rublni tashkil qilgan.
Dostları ilə paylaş: