LTC (http://litecoin.org) - Litecoin Ushbu kriptovalyuta ommaviyligi jihatidan ikkinchi o’rinda turadigan
kriptovalyutadir. Unda bloklar har 2,5 daqiqada generatsiya qilinadi va unda 84
million pul birligi mavjud. Tizimning murakkabligi har bir 2016 blokda o’zgarib
turadi (3,5 kunda) va har bir blok uchun mukofotlanuv – 50 LTC har 840 000
blokda ikki barobar kamayadi. Xeshlashtirish algoritmi «
scrypt » turiga mansub.
Ushbu algoritmning boshqalaridan asosiy farqi LTC ning markaziy protsessorda
osonroq mayning qilinishidir. Bular haqida Litecoinning ma`lumotnomasida va
mayning b’yicha qo’llanmada batafsilroq keltirilgan.
NMC (http://namecoin.info) - Namecoin Namecoin kriptografik jihatdan himoyalangan va
.bit deb nomlangan domen
zonasida ishlash uchun yaratilgan. Ushbu «
valyuta » Bitcoin kontseptsiyasiga
asoslangan bo’lib, u bilan bir xilda hisoblanilishi mumkin. Pullarning o’zi
.bit zonasidagi domenlarni qayd qilishga asoslangan. Bitcoin kriptografik tizimchasi
tufayli bunday domenlar ularning egalaridan boshqalar tomonidan o’zgartirishga
qarshi himoyalangan. Ammo
DNS -serverni o’z shaxsiy kompyuterida ko’rib
chiqish imkoniyati har bir ishtirokchi uchun mavjud.
PPC (http://ppcoin.org) - PPcoin POW & POS ning gibrid dizayni xuddi shu valyutada amalga oshirilgan. Bu
tizimda tranzaktsiya 520 marta tasdiqlashni so’raydi, ammo pullar hamyonda
darhol paydo bo’ladi. Tizim xakerlar xujumiga anchagina chidamli hisoblanadi.
283
NVC (http://novacoin.org) - Novacoin Novakoin tizimini yaratishdan asosiy maqsad
PPCoin larning afzalliklarini
yana bir marta qaytarish bo’lgan. Ammo bunda uning juda ham katta emissiya
xajmi kabi kamchiliklaridan qutulishga harakat qilingan.