– telekommunikatsiyalar hizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki
jismoniy shaxs.
Tijorat siri – uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli fan-texnika,
texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa
sohalarda tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan
axborot bo‘lib, ushbu axborot mulkdori uning maxfiyligini muhofaza qilish
bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi.
Unit-ekonomika (unit economics) – bir mijoz uchun innovatsion
kompaniya faoliyatinining moliyaviy ko’rsatgichlarini baholash.
Usability – elektron servisning qulayliligi va uning web-saytda
navigatsiyasining osonligi.
Universal hizmatlar – umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya
tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan belgilangan sifatdagi
majburiy hizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini
ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalar
jo‘natish va boshqalar).
CHUCA – bu zamonaviy axborot bozor muhitida muammolarni hal
qilish qobiliyatiga ega shakllangan jamoani baholashda inson kapitali auditi
usulidir.
Shaxsiy domen nomi – jismoniy shaxsning ismi va/yoki familiyasining
o‘xshash ifodalanishidan iborat domen nomi.
Shaxslararo kapital, yoki ijtimoiy kreativ kapital - individning boshqa
individlar bilan shaxslararo aloqalarining tizimi, u foydalanilayotgan kreativ
kapital hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday aloqalar kreativ aloqalar deb ataladi.
Shaxslararo kapital hamma kreativ aloqalar yo‘qotilishi vaqtida individning
ishlatayotgan kreativ kapitalining kamayishi kattaligi bilan o‘lchanadi.