540
deyishimiz ham mumkin. Tizimning barcha talablarga
javob beradigan Yangi
ma’lumotlar blogini hisoblab topish va uni tashkil etgani uchun maining bilan
shug’ullanuvchi inson – mayner bir qancha kriptovalyutalar birligi ko’rinishidagi
mukofotlanuvni oladi. Ushbu kriptovalyuta esa o’z navbatida, istalgan turdagi
valyutaga (
dollar, evro, iyen, von va boshqalarga
) konvertatsiya qilinib olinishi
mumkin. Shuni ham hisobga olish kerakki, har bir kriptovalyuta blogini hosil
qilishga bir vaqtning o’zida jahon miqyosida bir qancha
maynerlar kurash olib
boradilar. Komp’yuteri eng tez va kuchli bo’lgan maynergina bu kurashda yutib
chiqadi va tegishli mukofitni qo’lga kiritadi. Mayning jarayonini sodda xolda
komp’yuter tomonidan murakkab masalalarni hal qilish jarayoni deb tushuntirish
ham mumkin. Har bir masalani yechganlik uchun
mayner elektron pullarga
ekvivalent bo’lgan ma’lumotlar paketini oladi. Ushbu bloklar asta sekin yig’ilib,
bir butun dasturiy kodga aylanadilar va ularning ma’lum bir guruhi
kriptovalyutaning ma’lum bir birligini hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: