106
Raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini qo’llash oqibatida iqtisodiyotda ro’y
berishi mumkin bo’lganeng muhim o‘zgarishlarga duchor bo’ladiganbir
qancha
asosiy funksiyalarni quyida ko’rib chiqamiz. Ulardan birinchisi –nimanidir aynan
shu bo’lishligi va biror narsaning qiymatini tasdiqlash funktsiyasi deyishimiz
mumkin. Hozirgi paytda bizishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish va moliyaviy
tranzaksiyada ikkinchi tomonning aynan shuligini tasdiqlashda qandayidr
vositachilarga tayanamiz. Bu vositachilarbank hisobraqamlari
va zayomlar kabi
asosiy moliyaviy hizmatlarga ulanishda hakamlar rolini o‘ynaydi. Blokcheyn
ma’lum bir tranzaksiyalarga kerakli bo’lgan ishonch zaruratini pasaytiradi va
bazida hatto olib tashlaydi ham.
Bu texnologiya shuningdek, qatnashchilarga
tasdiqlanadigan, to‘liq funksionalliva kriptografikhimoya qilingan elektron
profillardan foydalanish va zarur bo‘lgan hollarda ishonch asosidagi munosabatlar
o‘rnatishga imkon beradi.
Qiymatlar ko‘chishining amalga oshirilishi.
Moliya
tizimi har kuni
millionlab pul mablag‘larini butun dunyo bo‘ylab ko‘chiradi va hatto bir dollar
ham ikki marta sarflanmasligini ta’minlaydi.
iTunes
da bitta qo‘shiqni 99 sentga
xarid qilishdan tortib, kompaniya ichida fondlarni berish, aktivlar sotib olish yoki
kompaniyalar xarid qilishgacha bo‘lgan milliardlab bitimlarnitekshirib turadi.
Blokcheyn har qanday qiymatlar – valyuta,
aktsiyalar, veksellar, f’yucherslar,
obligatsiyalar, bondlar, mulkiy huquqlarni – yirik va kichik miqdorda,
uzoq va
yaqin masofaga, ma’lum va noma’lum tomonlarga ko‘chirish uchun umumiy
standart bo‘lishga qodir.
Shunday qilib, blokcheyn qiymatlarni ko‘chirish uchun
xuddi tovarlarni ko‘chirish uchun kerak bo’lgan standart yuk konteyneri joriy
qilish kabi ishlarni bajarishi mumkin. Bu esamaxsulot/xizmat
bahosini sezilarni
ravishda pasaytirishi, operatsion tezlikni oshirishi, iqtisodiy o‘sish va farovonlikka
erishish yo’lida hizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: