236
Sizga ma’lumot yuborgan «
do’stingiz
» yoki muallifdan elektron xabarni
xaqiqatan ham u yuborganmi yoki yo’qligini aniqlashtiring;
Agarda ijtimoiy tarmoqdagi saxifangiz (
yoki do’stingizning saxifasi
)
begonalar tomonidan ochilgan bo’lsa, darxol elektron pochta va ijtimoiy
tarmoq parollarini o’zgartiring xamda kompyuteringizni viruslar bor yoki
yo’qligiga tekshirib ko’ring;
Kompyuteringizga sinovdan o’tgan va ishonchli antivirus dasturlarni
o’rnating hamda internetdan foydalanish bo’yicha xavsizlik qoidalariga
qat’iy rioya qiling.
Mobil telefon raqamidan foydalangan xolda insonning qaerdaligini aniqlab
beradigan imkoniyatlardan foydalanishda juda extiyot bo’ling!
Chunki
keyingi vaqtlarda internet tarmogida bunday takliflar ko’payib ketayapti.
Buning uchun firibgarlar ko’rsatilgan nomerga SMS va hisob raqamiga pul
o’tkazishni so’raydilar. Shu ma’lumotlardan foydalanib, tarmoq firibgarlari
hisob raqamingizdan kattagina pul mablagini o’marib ketadilar. Mobil
telefon raqami bo’yicha insonning qaerda ekanligini aniqlash mumkin,
ammo bu ishni mobil aloqa kompaniyasi operatori ruxsati bilan, ko’rsatilgan
talablarga mos ravishda amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ham agar
bunday taklif boshqa insonlardan chiqsa, ularni firibgar deb hisoblashdan
o’zga chora yo’q.
Dostları ilə paylaş: