317
tendentsiyalar bitkoin narxi yaqin kelajakda 6000 dollargacha tushadi. 2018 yilda
bitkoin (
BTC
) ning narxiga Yaponiya, Xitoy, Belorusiya, Venesuela, Rossiya va
dunyoning boshqa yetakchi kriptoiqtisodiyotli davlatlarida tegishli qonunlarning
qabul qilinishi katta ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Sidechain
(
biror-bir kanalning yoki
qurilmaning qandaydir ko’rsatgichlarini boshqa bir qurilma yoki signal vositasida
boshqarish usuli
) texnologiyasining ommaviy ravishda tadbiq etilgan xolda
institutsional investorlar xuddi entuziastlar kabi bitkoinga butkul ishonib qolishlari
mumkin bo’ladi va natijada ular bitkoinning kursi oshishiga ishqiboz bo’lib
qoladilar va xuddi shu yo’sinda o’ynaydilar. Bitkoinning kelajagi to’g’risida
al’ternativ pessimistic bashoratlar ham mavjud. Masalan, amerikalik iqtisodchi
Djefri Sakks
ning
Boston Globe
da yozishicha, bitkoin o’ziga xos moliyaviy
puffak bo’lib, uning kursi insonlar ishonchiga va tezda boyib ketishga bo’lgan
ishtiyoqiga bog’liqdir. Uning fikriga ko’ra, davlat hech qachon pul emissiyasiga
bo’lgan nazoratni qo’ldan chiqarishga rozi bo’lmaydi va kriptovalyutalar bozorini
boshqarish bo’yicha faol tadbirlarni amalga oshira boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: