Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə370/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

World Wi-Fi
platformasi yordamida aholi uchun internetdan tekin foydalanish imkonyatini 
yaratishni ko’rsatishimiz ham mumkin. Bu platforma “
Efir” (Ethereum

kriptovalyutasi blokcheyniga asoslangan. 
World Wi-Fi
platformasida uch tomon 
bo’ladi: internet foydalanuvchisi, router egasi va reklama beruvchi. Ularning har 
qaysisi ham tizimdan o’z foydasi ulushini oladi. Uyida router bor bo’lgan va 
internetga ulangan oddiy insonlarni tekin 
Wi-Fi
o’ziga jalb qila oladi, chunki ular 
internetga qo’shimcha ulanish nuqtasini hosil qilib, unga boshqalarni jalb qiladilar 


509 
va shu orqali pul ishlay oladilar. Ularga ish haqqi 
WeToken
kriptotokenlarida 
keladi va ular bu tokenlarni real pullarga yoki kriptovalyutalarga almashtirib 
oladilar.Kriptovalyutalar olamidagi yuqorida tavsif etilgan strategik va taktik xatti-
harakatlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshishi va rivojlanishi uchun, 
bizning fikri ojizimizcha, hozirgi kunda mamlakatimizda to’rt xildagi asosiy 
yo’nalishlar taklif etish mumkin: 

Birinchi stsenariyda bit so’m kriptovalyutasi muomalaga chiqarilishi 
mumkin. O’zbek milliy valyutasini blokcheynga va raqamli formatga 
o’tkazish unga bir qancha afzalliklar berishi mumkin, ammo bu holda bir 
qancha muammolarni qonunchilik asosida to’g’ri hal qilish kerak bo’ladi. 
Masalan, ushbu blokcheynni kim boshqaradi va unga davlat maqomi 
beriladimi yoki u korporativ maqomga ega bo’ladimi. Bit so’m ichki va tashki 
bozorda qanday ishlatiladi va kim tomonidan nazorat qilinadi - degan 
savollarga ham bank-moliya-kredit sohalari mutaxassislarini jalb qilgan holda 
konkret, ishonchga sazovor hamda aniq javob topish lozim bo’ladi. 

Ikkinchi yo’nalishda O’zbekistonning suveren davlat blokcheyn tizimi 
tashkil qilinadi va u o’zida turli moliyaviy institutlarning funktsiyalarini 
qamrab oladi. Bunday institutlar jumlasiga banklar, depozitariylar, pensiya 
fondlari, soliq idoralari va boshqalarni kiritish mumkin. Bu amal soliq to’lash 
va mablag’larni fondlarga o’tkazish ishlarini nisbatan osonlashtirish va to’liq 
avtomatlashtirish imkonini beradi. 

Uchinchi imkoniyat esa kriptovalyutani alohida tashkilotlarda yoki 
hududlarda hayotga tadbiq qilinadi va bu sohada yetarlricha amaliy tajriba 
to’planganidan so’ng, bu ish respublika miqyosida amalga oshiriladi 
(
masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki chet 
ellik mutaxassislar ishlaydigan innovatsion qo’shma korxonalarda
).

Oxirgi, to’rtinchi imkoniyat esa Rossiya Federatsiyasidagidek Markaziy 
bank tomonidan raqamli kriptovalyutalar bilan ishlashni amalga oshiradigan 
pilot loyihani ishga tushirishdir (
mastercheyn loyihasi
). Ushbu platforma 
bozor ishtirokchlarining elektron usulda o’zaro ma’lumot almashinishi va 


510 
blokchenlarda identifikatsiya qilinishi uchun mo’ljallangandir. Bu tizim asta 
sekin, kritpovalyutalar bilan ishlash tajribasi oshib borgan sari bir qancha 
davlat interaktiv hizmatlarining ham navbatma-navbat blokcheynga 
o’tkazilishini ta’minlashi mumkin. 
Respublikamizda kriptovalyuta bo’yicha malakali mutaxassislarning juda 
kamligi va bu sohadagi tajriba ozligini hisobga olgan tarzda bu yo’nalishda 
malakali mutaxassislar tayyorlashni ham amalga oshirish zamona talabi bo’lib 
qolmoqda (
bu taklif oily va o’rta mahsus ta’lim vazirligiga, iqtisodiyot 
universitetiga, moliya institutiga hamda bank-moilya akademiyasiga tegishlidir
).
Lekin blokcheyn texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek kriptovalyutasini 
chiqarich innovatsion g’oyasini qadam ba qadam amalga oshirish hozirdanoq 
boshlab yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan hayot taqozosidir. Chunki dunyodagi 
ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar o’zlarining milliy yoki korporativ 
kriptovalyuta loyihalarini amalga oshirmoqdalar va ular keyinchalik barcha 
raqamli kriptopullarga egalik qilib, boshqa mamlakatlarni bu jarayondan siqib 
chiqarishga harakat qiladilar. Davlatning monetar siyosatidagi eng muhim 
amallardan biri pul emissiyasini nazorat qilish bo’lgani uchun, kriptovalyutadan 
voz kechish mamlakatdagi moliya-kredit tizimini va uning jahon moliya kredit 
tizimi bilan aloqalarini sezilarli ravishda chegaralashga va uni izdan chiqishiga olib 
kelishi 
mumkin.Respublikaga 
innovatsion 
iqtisodiyotni 
tezkorlik 
bilan 
rivojlantirish hamda turli xildagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirsh uchun 
yuqoridagi tegishli bo’limda tavsif etilgan 
ICO (Initial Coin Offering)
mexanizmini ham qonuniylashtirish va joriy qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
Bunda O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va hizmatlar bilan 
ta’minlangan tokenlar chiqarish va ularni ichki hamda tashqi bozorda realizatsiya 
qilib, yig’ilgan mablag’lar tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilar edi. 
Loyiha amalga oshirlib bo’linganidan so’ng, tokenlar ko’rinishidagi 
kriptovalyutalar egalariga ularning tokenlari miqdoriga teng bo’lgan tegishi 
mahsulotlar yetkazilib beriladi yoki ular uchun tegishi hizmatlar amalga oshiriladi. 
Masalan, gipotetik

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin