508
ishlatish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini bilgan xolda tavakkalchilik miqdorini
minimallashtirish va qanday qilib bu yangi texnologiyalarni joriy moliyaviy
tizimga optimal ravishda joylashtirish masalalari ko’ndalang bo’lib turibdi. Bu
texnologiyalarni butunlay rad qilish yoki ularga to’liq ruxsat berish javobgarlikdan
qochish kabi tushunilishi mumkin. Biror bir mamlakatda bu texnologiyalarni to’liq
boshqarish mexanizmi hali-xamon kuzatilmagan va shuning uchun ham
kimlardandir nusha olish imkoniyati ham yo’q darajada. Barcha ijobiy va salbiy
fikrlarga qaramasdan, kriptovalyutalar va blokcheynlar texnologiyasi mavjud va u
baholi-qudrat ishlab turibdi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, kriptovalyuta jini
Aloviddining sehrli chiroqchasidan allaqachon chiqib ketgan va uzoq vaqt
davomida bu jin hali ham ko’za ichida deb o’zimizni ovuntirishimiz maqsadga
ham, aqlga ham muvofiq emas. Biznes esa kriptovalyutalarni ish jarayoniga tadbiq
qilish uchun tayyor bo’lib bo’lgan, dunyo miqyosidagi katta-katta halqaro banklar
esa kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyalarni qanday qilib ishlatishni faol
o’rganmoqdalar. Moliyaviy texnologiya (
Fintex
) industriyasi blokcheynni
zamonaviy iqtisodiyotning eng perspektiv trendlaridan biri deb hisoblashgacha
bordi. Faqat bu texnologiyalarning huquqiy jihatdan aniqlamaganligi ularga keng
miqyosda rivojlanishga imkon bermayapti. O’z navbatida, blokcheyn hamjamiyati
barcha istovchilarga bu yangi tizimlarni o’rganishga yordam berishga tayyordir
(
adabiyotlar ruyhatidagi saytlar ruyhatiga qarang
). Biz ham sizni bu
jarayonlarning passiv kuzatuvchisi emas, balki aktiv ishtirokchisi bo’lishga
chaqirib, dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirish tarafdorimiz.
Blokcheyndan foydalanishning yana bir imkoniyati sifatida
Dostları ilə paylaş: