69
blokcheyn xaqida biror bir ma’lumotga ega emas edi. Iqtisodiyot bo‘yicha katta
obruga ega bo‘lgan jurnalning old sahifasida blokcheynni maqtab, reklama
qilinishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, albatta.
The Economist
ning
ta’kidlashicha, blokcheyn ishonch xosil qilishga imkon beruvchi texnologiya
bo‘lib, bitkoin asosida turuvchi ushbu ishonch mexanizmi hozirgi zamon
iqtisodiyotining faoliyat ko‘rsatish mexanizmini tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Xuddi o‘sha 2015 yilning oktyabridan boshlab, ommaviy axborot vositalari
tomonidan blokcheyn mavzusi bo‘yicha berilayotgan ma’lumotlar kamaymadi,
balki borgan sari ko‘payib, blokcheyn texnologiyalari, raqamli valyutalar va
boshqa taqsimlangan reestrlarga asoslangan ko‘plab miqdordagi loyihalar vujudga
keldi. Shunday qilib, birgina obruli jurnalda nashr qilingan maqola tufayli
blokcheyn, bitkoin, kriptovalyuta va taqsimlangan konsensus bo‘yicha ko‘plab
qizg’in muhokamalar boshlandi va jahon bo‘ylab yangi texnologiyaning inqilobiy
yurishi boshlandi. Shuni ham tushunish lozimki, blokcheyn – jamiyat va
iqtisodiyotni batamom transformatsiya qiluvchi, bir qancha biznes modellarni
tubdan o‘zgartiruvchi va bularning natijasida ilmiy texnik yangilik sifatida
ishonchni hayotga olib kiruvchi raqamli innovatsion texnologiyadir. Ishonch
mavjud bo‘lgani uchun ommaviy axborot vositalariga bosim ancha kamayadi,
ko‘pchilik korxona va tashkilotlar blokcheyn texnologiyalari bilan ta’minlanadilar,
blokcheyndan foydalanadigan loyihalar soni esa ko‘payadi, investorlar buni
tushungan xolda o‘z kuch-g’ayratlarini bunday texnologiyalarni rivojlantirishga
qaratadilar. Natijada biz ham blokcheyn texnologiyalari tufayli dunyoga ishonch
nuqtai-nazaridan qaray boshlaymiz va bizga blokcheyn texnologiyalari ozodlik va
ishonch bahsh etadi.Bu atamaning ma’nosini tushunish uchun quyida uning turli
xildagi nuqtai-nazar va yondoshuvlardan kelib chiqqan aniqlanuvlarini beramiz, bu
uni yanada to‘liqroq tushunishga imkon beradi:
Dostları ilə paylaş: