76
miqyoslidir hamda kelajakda blokcheyn bir qancha kutilmagan yo‘nalishlarda ham
ishlatilishi mumkin. Bitkoin blokcheynini yaratishdan asosiy (2009) maqsad,
moliya olamiga yordam berish emas, balki uni boshqasiga almashtirish bo‘lgan.
Bir qancha muddat o‘tganidan so‘ng, shu ayon bo‘ldiki, ushbu texnologiya
banklarning biznes modelini buzib yuborishi mumkin va boshqa tomondan bu
texnologiya bir vaqtning o‘zida ham imkoniyat, ham havf-xatar olib keladi. «Le
MOND» jurnalida bank va moliya tizimida blokcheyn texnologiyasining
qo‘llanilishi xaqida quyidagi ma’lumot berilgan: «
Blokcheyn bu uberizatsiya
(Uber, Airbnbva boshqalar)ning eng oliy ko‘rinishidir. Blokcheyn yordamida
uberlashtirilgan xizmatlar ham ancha yaxshilanishi mumkin
». Bitkoin paydo
bo‘lishi va bu bilan bog’liq bo‘lgan ommaviy axborot vositalaridagi reklama
ko‘pchilik insonlarda uning texnologiya olamiga, banklar faoliyatiga va boshqa
turdagi moliyaviy muassasalarga ta’siri xaqida tasavvur xosil qildi. Albatta bu
ajiotajdan moliya-bank sohasi mutaxassislari ham chetda qolishni istamadilar.
Ayniqsa, blokcheyn texnologiyasining minimal sarf-xarajatlar bilan hamda
markaziy boshqaruv organlariga murojaat qilmasdan turib, hisob-kitoblarni amalga
oshirishi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg’otdi. Blokcheynning bank tizimidagi
tavakkalchilikni kamaytirish, asosiy vositalarga talabni kamaytirish, tarmoq
inforatuzilmasiga va kompyuter personaliga sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda
ma’lumot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirishga imkon berishi tufayli
bank operatsiyalari olamini o‘zgartirishga tayyorligi unga bo‘lgan qiziqishni
yanada orttirdi.
Dostları ilə paylaş: