Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


AntPool, F2Pool, VTSS Pool, Bit Fury



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

AntPool, F2Pool, VTSS Pool, Bit Fury
pullariga tegishli. Agarda ushbu pullar o’zaro kelishib olishsa, hujumni birgalikda 
ham tashkil etishlari mumkin. Ammo ular buni qilishga botina olmaydilar, chunki 
bu qaroqchilik oqibatida raqamli valyutaning narxi juda ham pasayib ketadi va 
natijada katta bitkoin zahirasiga ega bo’lgan bu pullar katta moliyaviy zarar 
ko’rishlari mumkin. Ammo kriptologlarning fikrlaricha, bir guruh insonlar pullarni 
ishdan chiqargan holda ham hujumni uyushtirrishlari mumkin. Bunday hujumni 
biror bir davlat yoki katta biznes (
bank yoki xedj-fond
) namoyondalari ham amalga 
oshirishlari mumkin. Lekin bunday hujumni uyushtirish uchun kerakli bo’lgan 
hisoblash quvvatlari va energiya sarfi juda katta bo’ladi. Masalan, agar 2016 
yildagi bitkoin tizimining umumiy quvvati 1,2 million teraxesh bo’lgan bo’lsa va 1 
teraxeshning narxi 4000 dollarligini hisobga olsak, hujum uchun 4,8 milliard dollar 
kerak bo’ladi. Ammo agarda tarmoqning havfsizligi buzilsa, uni to’g’rilash uchun 
ham mahsus tartiblar mavjud, albatta. Blokcheynni ko’pincha uning anonimliligi 
uchun ham qattiq tanqid qiladilar. Oltin yoki markazlashmagan raqamli pullarga 
ega bo’lish ishtiyoqi iqtisodiyotning ko’pgina sub’ektlarini o’ziga jalb qiladi. 
Ammo anonimlilik tufayli noqonuniy ishlarga yo’l ochib berishdan cho’chish 
raqamli texnologiyaning keng tarqalishiga mone’lik qiladi. Agarda masalaga 
texnik nuqtai-nazardan yondoshsak, bitkoinning anonimliligi bilan bog’liq bir 
qancha muammolarni chetlab o’tish mumkin bo’ladi. Masalan, bitkoin bloklari 
zanjirida qanday o’zgarishlar sodir bo’layotganini bemalol kuzatib tursa bo’ladi. 
Shunday qilib, har bir shaxs, huddi 
blokchain.info
saytidagi singari, 
blokcheyndagi jarayonlarni kuzatib turish imkonini beradigan dastur tusib qo’yishi 
mumkin. Bitkoin adreslar o’z-o’zlaricha biror-bir fizik va huquqiy manzil bilan 
bog’langan emas, shuning uchun ham bitkoinni anonim yoki nomsiz deb ataydilar. 
Haqiqatan ham bitkoin tarmog’ida foydalanuvchining shaxsi uning istagiga 


95 
muvofiq o’zgartirilishi mumkin bo’lgan kriptografik nom (
psevdonim
) orqali 
yashirilgan. Barcha tranzakstiyalar psevdonim bilan imzolanadilar va ularning 
to’g’riligini tekshirish hamda bitkoinlarni yangi egalariga topshirish uchun ular 
umumiy tarmoqqa uzatiladilar. Shaxsning kim ekanligi boshqa vositalar yordamida 
ham bitkoin adres bilan bog’lanishi mumkin. Bu ish amalga oshganida 
blokcheynning tarixini tiklash orqali bu shaxsning o’tmishdagi amallarini bilib 
olish mumkin. Individual ishtirokchining anonimlikni bir martagina buzishi ushbu 
shaxsning barcha bitkoin-tranzaktsiyalarini bilib olishga imkon beradi. Agarda 
hamkoringiz sizni yaxshi biladigan biror bir inson bo’lsa, u ochiq ma’lumotlar 
yordamida sizning potfelingiz balansini bilib olishi ham mumkin. Agarda 
hamkoringiz siz ma’lumotlar berishingiz kerak bo’lgan biror bir tashkilot (
bank, 
davlat, ijtimoiy tarmoq va boshqalar
) bo’lsa, u xolda ushbu tashkilot siz 
haqingizdagi barcha ma’lumotlarni biladi va uning komp’yuter vositalari sizning 
blokcheyndagi ma’lumotlarinigizni bilib olishi ham mumkin. Masalan, agar siz 
qandaydir saytdan bitkoin to’lash orqali biror bir mahsulot sotib olsangiz, 
taabiiyki, unda o’z ma’lumotlaringizni qoldirasiz va bu bilan ushbu saytga 
blokcheynga kirish va siz haqingizdagi ma’lumotlarni bilib olish imkonini 
yaratasiz. Bitkoin tizimi 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin