Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

proof of work (PoW)
yoki ishning bajarilganini tasdiqlash deb nomlanadi. 
Yechilishi kerak bo’lgan masalaning murakkablik darajasi har 2016 blokda 
o’zgarib turadi. Tarmoq murakkablik darajasini shunday o’zgartiradiki, dunyo 
miqyosidagi hisoblash quvvatlrini jalb qilgan holda 2016 ta blokni generatsiya 
qilish uchun 14 kun kerak bo’lsin. Demak, tarmoq quvvati oshgan sari, 
murakkablik darajasi ham orta beradi. Mayning – bu ma’lumotlarni taqsimlangan 
va markazlashmagan holda deshifrovka qilish yoki matematik hisob-kitoblarni 
amalga oshirish protocoli yoki algoritm (
SHA-256 va RIPEMD-160 xesh-
algoritmlardir. Ikkilangan xesh SHA-256 xesh-bloklar olish uchun ishlatiladi 
(proof-of-work) RIPEMID-160 esa bitkoin adreslar hosil qilish uchun 
ishlatiladi)
laridir. Maynerlar nafaqat ma’lumotlarni deshifrovka qiladilar va 
markazlashmagan konsensusni amalga oshirish bilan shug’ullanadilar, balki barcha 
operatsiyalarning to’g’riligini ham tekshiradilar (
verifikatsiya qiladilar
). Istalgan 
inson 
Bitcoin Core
(
bitkoin mijozining dasturiy ta’minotini olish imkonini 
beradigan ochiq kodli dasturiy loyiha bo’lib, u Satoshi Nakomoto tomonidan 
ishlab chiqilgan original mijoz dastur avlodidir
) dasturini ishga tushirishi va 
barcha operatsiyalarning to’g’riligini shaxsan tekshirib ko’rishi mumkin. Xuddi 
shu bitkoin protokolining kuchli tomoni hisoblanadi, ya’ni har bir inson tizimdagi 
barcha ish mavjud qoidalarga binoan amalga oshirilayotganiga ishonch hosil qilishi 
mumkin.


90 
Bitkoin mayning qilish jarayoni juda ko’p miqdordagi energiya sarfin italab 
qiladi. Bunda ko’pchilik tizimlarda keng miqyosda ishlatiladigan 
Proof of work
(
PoW
) (
bajarilgan ishning isboti
) deb nomlangan consensus mexanizmi juda ko’p 
energiya sarfiga olib keladi. Shuning uchun ham blokcheyn tizimining 
tanqidchilari va bir qancha jurnalistlar bitkoin mayningini bekorga energiya sarf 
qilish deb ta’riflaydilar. Ammo amaliyot sohasidagi mutaxassislarning fikrlariga 
ko’ra, bu fikr juda ham to’g’ri emas. Chunki bankomatlar va an’anaviy pullarni 
chiqaradigan, 
saqlaydigan, 
yangilaydigan 
va 
transportatsiya 
qiladigan 
infratuzilmalarga kerakli bo’lgan energiya sarfi bundan-da ancha ko’proqdir.
Vizantiya generallari muammosi o’ziga xos bir matematik metafora bo’lib, 
unda aloqa vositalarining butligi va hamsuhbatlarning birligi muammosi ko’rib 
chiqiladi. Bunda gap shubhali tuyulgan ma’lumotlarni, manba’ni yoki axborot 
uzatish kanalini qanday qilib qabul qilish haqida boradi. Ushbu muammoni hal 


91 
qilish uchun biz qandaydir strategiyadan (
yoki algoritmdan
) foydalanishimiz kerak 
bo’ladi. Muammoning qo’yilishi quyidagicha bo’ladi: Alohida armiyalarga ega 
bo’lgan generallar shaxarni qamal qilish uchun o’z harakatlarini o’zaro 
moslashtirishlar ikerak. Generallar ishonchli elchilar yordamida o’zaro muloqot 
qiladilar, ammo generallarning ba’zilari sotqin bo’lib, hujum rejasini buzishga 
harakat qiladilar. Shunday qilib, vizantiya xatosi notug’ri yoki bir-biriga teskari 
bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etishdan iboratdir. Demak, agarda generallar 
konsensusga (kelishuvga) erisha olishmasa, hujum muvaffaqiyatsiz bo’lib chiqadi. 
Shunday qilib, muammo ushbu sharoitda haqqoniy generallarga to’g’ri hujum 
rejasini yoki algoritmni qanday qilib tuzish kerakligida bo’lib chiqadi. Buni 
sxematik tarzda quyidagicha qilib tasvirlashimiz mumkin: 
Ushbu algoritm shunday bo’lishi lozimki, uning asosida loyal generallar 


92 
o’zaro kelishib, hujumning to’g’ri rejasini tuza olishsin. Buning uchun generallar 
orasidagi muloqotni o’zaro ishonch munosabatlarini qalbakilashtirib bo’lmaydigan 
ma’lumotlar almashinish mexanizmi orqali amalga oshirish lozim bo’ladi. Bu 
masalaning yechimi esa yuqorida aytib o’tilgan 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin