Raxbar : Temirova G. Andijon-2021


Elektron o`quv qo`llama yaratuvchi dasturiy vositalarning tahlili



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə9/13
tarix27.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#103321
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Kurs ishi

Elektron o`quv qo`llama yaratuvchi dasturiy vositalarning tahlili


Elektron o`quv qo`llama yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta‘minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi [http://www.ispringsolutions.com].

iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:


      • taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;

      • taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;

      • taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko`ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo`yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;

      • video qo`shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;

      • elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o`qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o`rnatilgan (Quiz tugmachasi);

      • masofaviy o`qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;

      • taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;

      • videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;

      • YouTube‘ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.





2.1.1-rasm iSpring dasturining interfeysi
EAT resurslari ichida kiruvchi ma‘lumotnomalar va lug`atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin.
iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:

      • biror-bir fan bo`yicha elektron ko`rinishdagi qulay bo`lgan glossariy, ma‘lumotnoma yoki lug`at yaratish;

      • vaqt shkalasini yaratish;

      • 3 o`lchovli kitob yaratish;

      • FAQ yaratish mumkin.



2.1.2-rasm iSpring Kinetics dasturining interfeysi
EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin.
iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:

      • tarmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati;

      • ikki, uch, to`rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to`g`ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;

      • bir necha to`g`ri javobli yopiq test topshiriqlari;

      • ochiq test topshiriqlari;

      • o`xshashlikni aniqlashga yo`naltirilgan topshiriqlar;

      • to`g`ri ketma-ketlikni aniqlashga mo`ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.


2.1.3-rasm. iSpring QuizMaker dasturining interfeysi
Bu dastur disklarni avtomatik ishga tushiriluvchi vizual qobiqlar yaratishga mo`ljallangan dastur hisoblanadi. Bu dastur yordamida elektron darsliklar, CD\DVD tashrifnomalar, taqdimot va soddda o`yinlar yaratish mumkin.
Dasturning eng qulay tomoni dasturlash tillari bilan notanish foydalanuvchilar ham undan muvofaqqiyatli foydalanishlari mumkin. C++, Java, Visual Basic dasturlash texnologiyalaridan xabardor shaxslar uchun bu dasturning imkoniyatlari yanada kengroqdir.
AutoPlay Media Studio dasturi bilan ishlash uchun minimal talablar:

  • Operatsion tizim: Windows 2000, Windows XP, Windows Vista, Windows 7 va undan yangilari.

  • Prosessor Pentium 4 va undan yangilari.

  • OXS 256 МБ yoki undan yuqori.

  • Ekran sig`imi 1024x768 piksel va undan yuqori.

  • Ranglar sifati 16 bit yoki undan yuqori.

  • Xotirada o`rnatish uchun bo`sh joy sig`imi 100 МБ.

  • Sichqoncha.

  • DirectX 7 va undan yangilari.

  • Internet Explorer 4.0 va undan yangilari.

  • Adobe Flash Player 8 va undan yangilari.

  • Adobe Reader 8 va undan yangilari.


Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin