Raxbar : Temirova G. Andijon-2021



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə6/13
tarix27.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#103321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kurs ishi

Elektron o`quv qo`llanmalarni(EO`Q) ishlab chiqishga qo`yiladigan didaktik talablar. EO`Q an‘anaviy o`quv nashrlariga qo`yilgan didaktik talablarga javob berishi kerak. Quyida EO`Qga bo`lgan an‘anaviy didaktik talablar keltirilgan:

  1. Ta’limda ilmiylikni, fan, texnika va texnologiyalarni so`nggi Yutuqlarni hisobga olinishi EO`Q mazmunining yetarlicha chuqurligini, ishonchliligini ta‘minlaydi. O`quv materialini EO`Q yordamida o`zlashtirish jarayoni o`qitishning zamonaviy usullari bilan mos ravishda qurilishi kerak. Masalan tajriba, eksperiment, solishtirish, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, yaxlitlashtirish, o`xshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish metodi,shu bilan birga matematik modellashtirish, shuningdek tizimli tahlil metodi.

  2. O`qitishning erishuvchanlik talablari – EO`Qda amalga oshiriladi va ta‘lim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga xos o`quv materialini o`rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniklash zaruriyatini bildiradi. O`quv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha Yuklash mumkin emas, unda ta‘lim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik qiladi.

  3. O`qitishning muammoviyligini ta’minlash talablari – ta‘lim olish faoliyatining tavsifi shartlashtirilgan. Agar ta‘lim oluvchi muammoli topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash faolligi o`sadi. Ushbu didaktik talabning EO`Q yordamida bajarilish darajasi, an‘anaviy qo`llanmalar va qo`llanmalardan ko`ra, sezilarli ravishda Yuqori bo`ladi.

  4. O`qitishning ko`rgazmaliligini ta’minlash talablari– ta‘lim oluvchilar tomonidan o`rganilayotgan ob‘ektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruriyatini bildiradi.


  5. Yüklə 1,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin