O`qitishniongliligini,ta’limoluvchiningmustaqilligivafaolliginita’minlashtalablari– o`quvfaoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda o`quv axborotini jalb qilish bo`yicha ta‘lim oluvchilarning mustaqil ishlashlari uchun EO`Q bilan ta‘minlashni ko`zda tutadi. Bunda ta‘lim oluvchi uchun o`quv faoliyati yo`naltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Fanlar bo`yicha EO`Q tizimli faoliyat yondashuvi asosida ishlab chiqilishi kerak.
o`rganiladigan fan sohasida bilimlar va ko`nikmalarning ma‘lum tizimining ta‘lim oluvchilar tomonidan o`zlashtirilishi ketma-ketligini ta‘minlanishini bildiradi. Bilim, ko`nikma va mahorat – ta‘lim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va amalda qo`llanilishda o`z o`rnini topishi zarur. Buning uchun quyidagilar zarurligi aniqlandi:
o`quv materialini tizimlashtirilgan va tarkiblashtirilgan holda tavsiya qilish;
o`quv materialining har bir bo`limida shakllanadigan bilim va ko`nikmalarning rivojlanishini inobatga olish;
EO`Q tavsiya qilgan axborotni, o`qitishning mazmuni va uslubi ta‘lim oluvchining shaxsiy qobiliyatiga bog`liq holda tanlanishi kerak, masalan, mazmunli o`yin holatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar va eksperimentlarni, haqiqiy jarayonlar va ob‘ektlar modellarini tavsiya qilish yo`li bilan amaliyot faoliyatga bog`lanishni ta‘minlash.
Elektrono`quvqo`llanmalarniishlabchiqishgaqo`yiladiganmetodiktalablar. Metodik talablar elektron o`quv qo`llanmalariga mo`ljallangan o`quv fanining o`ziga xosligi va xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini izlanish usullarini, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini
hisobga olishni ko`zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan EO`Q quyidagi metodik talablarni qoniqtirishi kerak:
EO`Q – o`quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga tayangan holda qurilishi kerak.
EO`Q o`quv materialini Yuqori tartibli tuzilma ko`rinishida ta‘minlashi kerak. Fanlararo mantiqiy o`zaro bog`liqlik hisobga olinishi kerak.
EO`Qda ta‘lim oluvchiga o`quv materialini bosqichma-bosqich o`zlashtirish uchun oshirish turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilishi kerak.
EO`Qni ishlab chiqish va foydalanishga qo`yilgan metodik talablarni hisobga olish bilan bir qatorda, uni yaratishning muvaffaqiyatliligi va sifatiga ta‘sir qiluvchi bir qator psixologik talablar ham qo`yiladi. Quyida EO`Qga qo`yiladigan psixologik talablar keltirilgan:
EO`Qda o`quv materialini namoyish qilish nafaqat verbal, balki kognitiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish holatlariga ham mos kelishi kerak. EO`Q qabul qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotira saqlash kabi psixologik jarayonlari xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.
EO`Qdagi o`quv materiali ta‘lim oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olib tuzilishi kerak.
EO`Q obrazli va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak.
EO`Qning tuzilmasi va mazmuni o`quv materialini chuqur o`rganishga mo`ljallash bilan bir vaqtda o`rganilayotgan fanning o`quv dasturiga mos kelishi kerak. Ta‘lim tizimi uchun yaratiladigan EO`Q quyidagi umumiy talablarni xam qanoatlantirishi kerak:
EO`Q o`zida muammoli va izlanish topshiriqlarining intellektual o`rgatuvchi tizimiga ega bo`lishi kerak;
EO`Q o`quv faoliyatining izlash, yig`ish, saqlash, tahlil, ishlov berish kabi ko`rinishlarni avtomatlashtirishni; hisoblashlarni, loyihalash va konstruksiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berishni, nazorat topshiriqlarni, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni ko`zda tutishi kerak;
EO`Q murakkab ob‘ektlar (mashina, uskuna, apparat, moslama va x.q.) ishining imitatsiyasini, turli xildagi jarayonlarni real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida o`tish vositalarini tarkibida saqlashi kerak;
EO`Qning trening vositalari – ta‘lim oluvchini kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bog`liq holda virtual muhitda tayyorlashni amalga oshirish kerak;
EO`Qda barcha amalga oshiriladigan hisoblashlar vizuallashtirishning ochiq tizimiga ega bo`lishi, o`zgaruvchan o`rganiladigan ob‘ektlar yoki jarayonlarning bog`liqligi namoyish qilinishi kerak.