Dastur interfeysi. Auto Play Media Studio dasturi bosh oynasi 2.1.4-rasmda keltirilgan va bu oynani 6 ta maydonga ajratish mumkin.
AutoPlay Media Studio
Menyu qatori.
Asboblar paneli.
Loihaninig yo`l ko`rsatuvchisi.
Obyekt xususiyatlari paneli.
Ishchi maydon.
Loiha o`lchami paneli.
2.1.4-rasm. AutoPlay Media Studio bosh oynasi Menyu qatori o`z ichiga quyidagilarni oladi:
Fayl.
Sozlash.
To`xrijoylashtirish
Saxifa.
Muloqot.
Loiha.
Nashrqilish.
Ko`rinish.
Asboblar.Yordam.
Yangiloihayaratishbosqichlari. AutoPlay Media Studio dasturi o`rnatilgach uni ishga tushirgandan keyin quyidagi (2.1.5-rasm) muloqot oynasi hosil bo`ladi.
2.1.5-rasm. Yangi loiha yaratish muloqot oynasi
Yangi loiha yaratish uchun hosil bo`lgan oynadan Создать новый проект tugmasini aktivlashtiramiz. Yangi hosil bo`lgan oynadan Blank Project bandini tanlab loiha nomini kiritish va ОК tugmasini faollashtirish lozim.
2.1.6-rasm. Yangi loyiha shablonini yaratish
AutoPlay Media studio dasturi imkoniyatlari
Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko`plab dasturiy ta‘minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturi.
Istalgan fayl yoki fayllar to`plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusi hosil qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paketlardan biri hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay bo`lgan interfeysni taqdim etadi.
Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin .
Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar mavjud bo`lib, ular tarkibiga buyruq tugmasini, tovush kuchaytirgichini, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta‘minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin.
Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni o`zi yaratadi. Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. Dastur foydalanuvchilarga obyektlarni o`zaro bog`lashni amalga oshirishga yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi.
Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++, Java, Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham qayta ishlash mumkin. Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma‟lumotlar bazasini va shunga o`xshash obyektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin. Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o`zining kutubxonasidagi ―niqob lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday ―niqob sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo`ladi. Qolaversa, ma‟lumotlarni CD uchun
tayyorlagan holda uni dasturning o`zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko`rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o`zi ochiluvchi arxiv ko`rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin. Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan. Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi obyektlari bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to`liq versiya bilan o`rnatilgan bo`lsa, matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi lug`atlar bo`lishi mumkin. Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 7.0 ning yangi versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste‘molga chiqarilgan:
Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, multimedia-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta‘minotlarni yaratish;
Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va boshqalarni biriktira olish xususiyati;
Web-ilova yaratishga mo`ljallangan mukammallashgan instrumentlar;
Kalit so`zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;
AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan bog`liq bir nechta buyruqlarni o`z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi (2.2.1-rasm):
2.2.1-rasm.AutoPlaydasturiningishgatushirilishi Bu muloqot oynasida quyidagi to„rtta taklif ilgari surilgan bo`ladi:
Create a new project (Yangfi loyiha yaratish);
Open an existing project (Yaratilgan loyihalardan birini ochish);
Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish);
Exit AutoPlay Media Studio (Dasturdan chiqish).
Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o`rnatilgan bo`lsa, u holda taklif rus tilida, inglizcha varianti o`rnatilgan bo`lsa, u holda taklif ingliz tilida bo`ladi.
AutoPlay har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos scriptlar uchun tayyor kodlar to„plamini ham taqdim etadi. Bu tayyor kodlardan qulayroq foydalanish uchun dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan ma‟qul.
Shunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz ―Creat a new project bandini tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan iborat quyidagi muloqot oynasi yuzaga keladi (2.5-rasm):
2.2.2-rasm.Loyihashablonlarinitanlashgaoidmuloqotoynasi Biz yaratayotgan ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud loyiha- lardan birini tanlashimiz yoki o`zimiz istagan yangi loyihani tashkil qilishimiz mumkin. Quyida ―Audio deb nomlangan loyiha tanlangan (3-rasm):
2.2.3-rasm.“Quiz”loyihasiningtanlanishi Mavjud loyihani tanlashning ijobiy tomonlaridan biri shundaki, unda Web- sahifa uchun ba‘zi ssenariylar tayyor yozilgan holatda bo`ladi. Ba‘zi obyektlar uchun bajariladigan funksiyalar esa tayyor holatda berilgan bo„ladi. Bunday imkoniyat qisqa vaqtda murakkab tuzilmali katta loyihani yaratishda amaliy yordam beradi.