Raxbarning professional sifatlari


Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko’p. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar ular orasida alohida mavqega ega



Yüklə 423,43 Kb.
səhifə15/17
tarix02.01.2022
ölçüsü423,43 Kb.
#37778
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
544dffbb9353f (1)

Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko’p. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar ular orasida alohida mavqega ega:

  • Dovyuraklik - bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud bo’ladi. Ular omadsizlikdan qo’rqmaydi. Qo’rquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Har bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi.
  • Sabrlilik - bunday rahbar muvaffaqiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bo’lib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi.
  • Yaxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli bo’ladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda bo’ladi. O’zidagi qanoatsizlikni g’irrom raqobatchilik yo’li bilan emas, balki xayrixohlik yo’li bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki: "Birni ko’rib shukr qil, birni ko’rib fikr qil" - degan shiordir.
  • Sog’lom shubhalilik - bunday rahbar ko’pincha "har narsada shubhada bo’l" degan shiorga amal qilsa-da, biroq nosog’lom shubha - bu xoin, u kishilarni urinib ko’rishdan qo’rqitib, erishishlari mumkin bo’lgan narsalardan mahrum etilishini yaxshi biladi. Shu bilan bir qatorda ular o’z kuchiga ishonish, unga sog’lom shubha bilan qarash ishchan mas'uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yo’lida kishi kuchiga kuch qo’shishni yaxshi tushunishadi.
  • Kamtarinlik - bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim iste'dodga to’g’ri mutanosib ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi.
  • Samimiy xushmuomalalik - bunday rahbar sofdil, ochiq ko’ngil bo’ladi, chin yurakdan gapiradi. Qo’l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo’yib xizmat qiladi. Ular samimiylikning og’ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma'naviy odobni talab etishini, shuningdek, kimki o’zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo’lishga odatlangan ekan, u pirovard natijada o’z-o’ziga ham samimiy bo’laolmay qolishini yaxshi tushunishadi.

Yüklə 423,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin