Raxmanova gulnoza annakulovna



Yüklə 194,26 Kb.
səhifə21/22
tarix14.12.2023
ölçüsü194,26 Kb.
#178974
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Raxmanova gulnoza annakulovna maktab matematikasini o’qitishda l-fayllar.org

Umumiy xulosalar
Ushbu bob xulosalanar ekan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2909 sonli Qarorida belgilangan taʼlim sifat-samaradorligini keskin oshirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiya milliy modelini taʼlim jarayoniga qoʼllash mexanizmidan biri boʼlgan oʼquv jarayonini loyihalash asosida oʼqitishni tashkil etish vazifasining ijrosi koʼzda tutildi.
Shundan kelib chiqib bobda quyidagi masalalar hal qilindi. Xususan:
1. Pedagogika yoʼnalishidagi umumiy o’rta taʼlim muassasalarida Matematika fani oʼquv mashgʼulotlarini loyihalab oʼqitish holati oʼrganildi va tahlil qilindi, taʼlimda zamonaviy pedagogik texnologiya tamoyillari asosida oʼquv jarayoni loyihalarini yaratish muammosi dolzarb pedagogik muammo sifatida tadqiq etishga muhtojdir.
2. Taʼlim sifatini oshirishda barcha fanlar boʼyicha innovatsion pedagogik texnologiya tamoyillari asosida oʼquv mashgʼulotlari loyihalarini tuzish va oʼqitish jarayonini tashkil etish natijasida maʼnaviy-axloqiy, kasbiy tayyorgarligi jihatidan davr talablari darajasidagi yoshlarni tarbiyalash muhim oʼrin tutadi.
3. Matematika biz istasak ham istamasak ham har qadamda duch keladigan fandir. Matematika faniga qiziqqan har bir o’quvchi maktabda istalgan fanni qiynalmay o’zlashtira oladi. Agar maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi kuchli bilimga ega bo’libgina qolmasdan pedogagik mahorat egasi, ajoyib aktyor va psixolog bo’lsa shundagina o’quvchilarimiz kuchli bilim egasi bo’ladi. Bola tarbiyasini qurilayot-gan imoratga o’xshatsak uning asosi mustahkam bo’lsa biz unga qo’rqmay istaga-nimizcha g’isht qo’yishimiz mumkin. Uning asosini boshlang’ich sinf o’quvchilari qo’ysa unga g’ishtni yuqori sinf o’quvchilari qo’yadi deyishimiz mumkin.
Tafakkurni shakllantirish uchun matematika fani katta imkoniyatlarga ega, chunki psixologiya nuqtai nazaridan fikrlash insonning ijodiy faoliyatining eng yuqori shakli bo'lgan haqiqatni aks ettiruvchi aqliy jarayondir. Shu sababli, bu jarayon da-vomida bola mustaqil fikrlashni talab qiladigan vazifalarni bajarishi va xotirasini doimiy mashq qidirishi kerak. Buning uchun savollarni to’g’ri qo’yish qobiliyatini rivojlantirish, ko’pincha “muammoli vaziyat” ga olib keladigan qaramaqarshilikni ko’rish qobiliyatini o’rgatish, amaliy topshiriqlar, didaktik o'yinlarni qo'llash va darslarda fikrlashni rivojlantirish kerak. Ushbu vazifalar o’quvchilarning nazariy va empirik bilimlardan foydalangan holda mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinab ko’-rish, shuningdek, yangi bilimlarni olish jarayonida mahoratini shakllantirishda foy-dalidir. Ularning еchimi standart topshiriqlarda bo’lgani kabi aniq javob olish bi-lan cheklanmaydi.
4. 11-sinflarda algebra va geometriya mavzulari Matematika-11 darsligida birga-likda berilgan.
Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga, sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanishni oshirishga, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqo-ri malakali kadrlar tayyorlashga davlat tomonidan alohida e’tibor berilmoqda, uz-luksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish,darsliklarning sifatini yaxshilash, ta’lim tizimini takomillashtirish eng ustuvor vazifalardan biridir[1,12]
Shularni inobatga olib qaraydigan bo‘lsak bugunga kelib umumiy o‘rta ta’lim mak-tab o‘qituvchi va o‘quvchilarining oldiga juda katta vazifalar qo‘yilgandir.
5. Geometriya darsligi 7-11-sinflar mavzulari bitta darslikda mujassam bo’lgan edi, hozirda geometriya darsligi har bir sinfda alohida adabiyot sifatida nashr etilmoq-da.Darslik amaliy mashqlar bilan boyitilgan bo’lib,bunday amaliy mashqlar o’quv-chining o’z iqtidorini,mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi[2,21]
6. Har qanday masalada asosiy g’oyani ajratib olish mumkin. Boshqacha aytganda, nisbat, proporsiya, о’rta arifmetik qiymat, sonning qismi, protsent, progressiya tushunchalari istalgan matnli masalani еchishda qо‘llaniladigan matematik tushunchalardir. Masalani еchishda yuqoridagi ketma – ketlikdan foydalanish mumkin. Masalani sekin astalik bilan o‘qish va uni qaysi turga kirishini aniqlash, so‘ng uning asosiy paramertlarini qisqa yozib olish va tahlil qilish orqali uning еchimini topish mumkin[12,21]
7. Kombinatorika mavzunsining dolzarbligidan kelib chiqqan holda umumiy o’rta ta’limda ushbu mavzuning o’tilishi maktab o’quvchilarida fikrlash doirasini kengayishi va hodisa tavsilotlarini tahlil qila olish qobiliyatini rivojlantiradi,tahliliy yondashuv asosida yutuqlarini ko’paytirishga,kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qiladi.


  1. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, matematikani yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo‘ladi. U nafaqat misol va masalalar еchishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o‘zida shakllantiradi. Shuningdek, matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi. Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartibintizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib, o‘quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e’tiborni kuchaytirish – davr talabi. Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi. Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o‘rni inobatga olingan holda mazkur fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo‘lib, yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika ta’limini zamon talablari asosida takomillashtirib borish, uni o‘qitishda eng so‘nggi pedagogik va innovatsion usullar, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, o‘quv fanini akademik bilim berishdan ko‘ra ko‘proq hayot bilan bog‘lash, amaliy misol va masalalarni еchish, o‘quvchilarni mustaqil izlanish, o‘qibo‘rganishga jalb etishning ahamiyati beqiyos. Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun savol-javoblar yoki imtihonlarda, balki uyda, ish jarayonida, sport va san’at bilan shug‘ullanishda, savdo-sotiq, oldi-berdi – hayotning har bir lahzasida o‘quvchiga naf berishini u chuqur anglab еtishi muhim. Buning uchun esa mazkur fan o‘qituvchisi o‘tayotgan mavzularini bevosita hayot bilan bog‘lab, biror misol yoki masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida еchishga o‘rgatishi zarur.
  2. Metodlar orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari metodlar orqali ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda ta’lim oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta’lim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchilarni ob’yektiv baholashi mumkin.ularning afzalliklari: o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi,muloqatga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib keladi,vaqtni tejash imkoniyati mavjud bo’ladi,barcha o’quvchilar darsga jalb qilinadi.


  3. Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo’lgan yaxlit tizimda o’z ifodasini topadi.Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.[1] Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarlibo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo’ladilar. Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi.[2]





Yüklə 194,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin