Raxmanova gulnoza annakulovna


Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 194,26 Kb.
səhifə2/22
tarix14.12.2023
ölçüsü194,26 Kb.
#178974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Raxmanova gulnoza annakulovna maktab matematikasini o’qitishda l-fayllar.org

Kirish
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda oʼqitish jarayonlarini texnologiyalashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida taʼlim samaradorligiga erishish, sifatni boshqarish paradigmasini joriy etishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Ilgʼor oliy taʼlim muassasalarida tabiiy va aniq fanlar, jumladan, matematika fanining globallashuv sharoitidagi oʼrni va ahamiyati nazarda tutilib, soha pedagoglarini tayyorlashning innovatsion shakli sifatida blok-modulli tizimga asoslangan loyihali yondashuvlar xususiyatlaridan foydalanish tendentsiyalari kuzatilmoqda.
Dunyodagi yеtakchi ilmiy markazlar tomonidan taʼlim texnologiyasi, oʼquv jarayonlarini loyihalash va tashkil etish muammolariga doir izlanishlar olib borilib, ijobiy natijalarga erishilmoqda. Mazkur tadqiqotlar taʼlim jarayonini texnologiyalashtirish nazariyasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va tamoyillari asosida mashgʼulotlarni loyihalash andazalarini ishlab chiqish, shuningdek, matemati-ka fanini oʼqitish samaradorligini oshirish maqsadiga qaratilganligi bilan muhim oʼrin tutadi.
Mamlakatimizda fan, taʼlim-tarbiya va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, taʼlim shakllari va mazmuni takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar oʼquv jarayoniga ilgʼor pedagogik texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Shu bilan birga boʼlajak matematika fani oʼqituvchilarini tayyorlash samaradorligini oshirishga doir tizimli yondashuvlar, “Matematika oʼqitish metodikasi” oʼquv fani mashgʼulotlarining ijobiy natijaviyligini taʼminlash mexanizmi yеtarli emasligi kuzatilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida “mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini takomillashtirish, matematika kabi muhim va talab yuqori boʼlgan predmetlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʼrganish” kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Bu borada, oliy taʼlim muassasalarida “Matematika oʼqitish metodikasi” fani oʼquv mashgʼulotlarini loyihalashning zamonaviy kontseptsiyasini belgilash, oʼqitishni tashkil etish texnologiyasini innovatsion modellashtirish, metodik taʼminotini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7fevraldagi PF-4947-sonli “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi Farmoni, 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli “2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida”gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʼnalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishi-ning “Demokratik va huquqiy jamiyatni maʼnaviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish” ustuvor yoʼnalishiga muvofiq bajarilgan.
Ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o‘qitish tizimini yanada ta-komillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek,2017-2021-yillarda O‘z-bekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Ha-rakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni ta’minlovchi yaxlit ti-zimni shakllantirish;
ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish;
matematika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan qishloq joylardagi maktablarning kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, matematika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish;
iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning matematika fani bo‘yicha mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini hamda sovrinli o‘rinlarni egallashini ta’minlash;
ta’lim berishning onlayn platformasini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, masofadan o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish, baholash tizimining shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy qilish;
Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, oliy ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida matematika fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni ko‘paytirish hamda ta’lim berish sifatini oshirish;
matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, amaliy matematikani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni modellashtirish asosida matematik еchimlarni ishlab chiqish;
matematika sohasida ta’lim olayotgan va ilmiy-tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, chet eldagi oliy ta’lim muassa-salari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish;
mamlakatimizning ilmiy va ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich jahonning matematika fani bo‘yicha еtakchi ilmiy markazlari darajasiga yеtkazish.

Yüklə 194,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin