Raxmanova gulnoza annakulovna


§ O’rta ta’lim tizimida matematik fanlar bo’yicha o’quvchilarda shaklla-nishi lozim bo’lgan kompetensiyalar



Yüklə 194,26 Kb.
səhifə6/22
tarix14.12.2023
ölçüsü194,26 Kb.
#178974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Raxmanova gulnoza annakulovna maktab matematikasini o’qitishda l-fayllar.org

1.2§ O’rta ta’lim tizimida matematik fanlar bo’yicha o’quvchilarda shaklla-nishi lozim bo’lgan kompetensiyalar.
Matematik kompetensiya bilan bog’liq bo’lgan zarur bilim, malakalar va fanga bo’lgan qiziqish:
- Matematika fanidan zaruriy bilimlar sonlar, kattaliklar va strukturalar, asosiy amallar va ma’lumotlarni taqdim etish usullari, matematik tushuncha va terminlar haqida qat’iy bilimlarni, hamda matematika javob bera oladigan savollarni ang-lashlarni o’z ichiga oladi.
- Inson matematikaga xos mulohaza yuritish, matematikada isbotni va matematika-ning tilini tushunishi, hamda buning uchun mos vositalardan foydalanishi malaka-lariga ega bo’lishi kerak.
- Inson uyida va ishdagi kundalik vaziyatlarda asosiy matematik qonunlar va aso-siy matematik usullarni tatbiq etish hamda asoslangan mushohada yuritish ketma-ketligini qurish va uni baholash malakalariga ega bo’lishi kerak.
Matematikaga ijobiy munosabat haqiqatga nisbatdan hurmat, isbotlash uchun da-lillarni izlash, ularning asoslanganligini baholay olish orqali shakllanadi. «Matematik kompetensiya» bu - vaziyatni strukturalash, matematik bog’lanish-larni aniqlash, jarayonlarni matematik modellarini tuzish, ularni tahlil qilish va ko’rinishlarini o’zgartirish, olingan natijalar bo’yicha tegishli asoslangan va maq-bul hulosalar chiqarish orqali ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyor bo’lish.
O’qitish usuli haqida.

Kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim berish sharoitida o’qituvchilarning o’z faoliyatiga yondashuvi ham o’zgarishi kerak. O’qituvchi bundan buyon darslik bilan birgalikda o’quvchilarga ― “ob’yektiv bilimlarni” еtkazuvchisi bo’lib qol-maydi. Zamonaviy o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillilik hissini hosil qilish, ularning har biri uchun o’zining iqtidori va qizi-qishini amalga oshira oladigan rivojlantiruvchi muhitni yaratishdan iborat. Shuning uchun ham, o’qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari, peda-gogika ta’lim muassasalaridagi ta’lim mazmunini qayta ko’rib chiqilishi hamda zamonaviy metodik qo’llanmalarni yaratish tavsiya etiladi.


Matematika fanidan egallagan kompetensiyalari darajalariga qo’yiladigan talablar ta’lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bo’yicha uzviy bo’lib, Xalqaro standartlarga moslashtirish maq-sadida ta’lim mazmuni va matematik kompetensiya deskriptorlari (Trends in international matematis and siene studi enter (TIMSS)) baholash standartlariga o’zaro bog’liq holda olindi hamda ular sodda va tushunarli shaklda berildi. Egallangan bilim, ko’nikma va malaka darajalariga qo’yiladigan talablardan kelib chiqib, deskriptorlar:
– har bir darajani to’liq egallanganlikni ta’minlash uchun ta’limning barcha bos-qichlarida o’quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiqishda tuzuvchilar tomonidan inobatga olinishi,
– O’zbekiston Respublikasida uzluksiz majburiy ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining davlat attestatsiyasi uchun baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazarda tutiladi.

Yüklə 194,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin