Ishlar nomi
|
Bosma
|
Qayerda,
qachon nashr ettirilgan
|
Haj
mi
|
Hammualliflar
|
|
1
|
“Fur’ye qatorlarini yagona nuqtaga yaqinlashishning ba’zi shartlari haqida”
|
2021yil 20 aprel
|
Polish Science Journal
|
4bet
|
Radjabov B.Sh.
|
2
|
“Umumiy o’rta ta’lim tizimida matematik fanlarni o’qitishning takomillashtirish bosqichlari”
|
2021 yil
13 may
|
Образование и наука
XXI века
|
3-4bet
|
Radjabov B.Sh.
|
3
|
“Umumiy o’rta ta’lim tizimida matematik fanlarni o’qitishning takomillashtirish bosqichlari”
|
2021 yil 25-26 iyun
|
TVChDPI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to’plami.
|
3-4bet
|
Radjabov B.Sh.
|
4
|
Анализ междуна-родного опыта пре-подавания матема-тических дисциплин в образовательных учреждениях
|
2022 yil
12 may
|
Образование и наука
XXI века
|
5bet
|
Radjabov B.Sh.
|
I bob . UMUMIY O’RTA TA’LIM TIZIMIDA MATEMATIK FANLARNING MAZMUNI
§ Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematikaning mazmuni
Matematikani o'qitish muammosi barcha davrlarda dolzarb bo'lib kelgan. Bugungi kunda ham, ayniqsa matematik savodxonlik layoqatini shakllantirish, matematik tafakkurni shakllantirish, fanlararo bog'liqliklarni ta'minlash dolzarbligicha qolmoqda. Bu muammolarni qanday qilib еchish mumkin, degan savolga albatta har bir darsni maqsadli tarzda soddadan hayotiylikka qarab harakatlantirish kerak.
Maktab matematikasining maqsadi o'quvchilarning psixologik xususiyatini hisobga olgan holda matematik bilimlar sistemasini maqsadlarini umumiy holda quyidagi uchta omil bilan belgilash mumkin.
1. Matematika o'qitishning umum ta'limiy maqsadi.
2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi.
Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy vazifalar nazariy bilimlar ti-zimi asosidagina hal etilishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematika va matematika faning xususiyatlarini o‘z ichiga oluvchi metodologik o‘qitish nazariyasi (matematika didaktikasi)dan iborat. Biroq birgina nazariy bilimlarning o‘zi, har qanday boshqa tayyorlanish kabi еtarli emas. O‘qitishning ma’lum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan eng oqilona usullarini tiklash va qo‘llanishini bilish, darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq uslubiy vazifalarni hal etishda zarurdir.
I. Matematika o'qitishning umum ta'limiy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalar-ni qo'yadi:
a) O'quvchilarga ma'lum bir dastur asosida dastur talablariga javob bera oladigan matematik bilimlar sistemasini berish. Bu bilimlar majmuasi matematik layoqatni shakllantira oladigan sifat darajasiga ega bo'lishi, O'quvchilarni matematika fanining yuqor bilimlarini o'rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, o'quvchilar olgan bilimlarini o'zlari tahlil qila olishlari va mustaqil ravishda isbotlash malakalariga ega bo'lishlari lozim.
b) O'quvchilarning og'zaki va yozma matematik bilimlarmi tarkib toptirish. Matematikani o'rganish o'quvchilarning o'z ona tillarida xatosiz so'zlash, o'z fikrini aniq, ravon va lo'nda qilib bayon eta olish malakalarini o'zlashtirishlariga yordam berishi kerak. Bu degan so'z, o'quvchilarning har bir matematik tushuncha va qoidalarning ma'nolarini ona tillarida to'g'ri talqin qila olishlariga erishishdir. Shu bilan birga qoidalarning matematik ifodasini formulalar yordamida to'g'ri yoza olish qobilyatilarini shakllantirishga erishish kerakligini bildiradi.
c) O'quvchilar matematika qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o'rgatish. ya'ni o'quvchilarga real olamda yuz berayotgan eng sodda hodisalardan tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalarining, ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko'zda tutilgan Bunday bilimlar berish orqali o'quvchilarning real hayotdagi hodisalarni tasavvur qilishlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
II. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi esa o'z oldiga quyidagilarni qo'yadi:
a) O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashlarini shakllantirish va kengaytirish;
b) O'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini shakllantirish va rivojlantirish;
c) o'quvchilarning matematika tafakkurini va matematik madaniyatini shakllantirish.
III.Matematika o'qitishning amaliy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:
a) Matematika kursida olgan nazariy bilimlarni kundalik hayotda, kasb-doirasida uchraydigan sodda masalalarga qo'llay olish malakasini shakllantirish. Bunda asosan o'quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llay olishga o'rgatish, ularda turli sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakasini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o'rgatish.
b) Matematika o'qitishda texnik vositalar ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda o'quvchilarning matematika darslarida texnika vositalaridan, multimedia darsliklari, kompyuterdan, matematika ko'rgazmali qurollari, jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishdir.
c) O'quvchilarning mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o'rgatish. Bunda asosan o'quvchilar o'quv darsliklaridan, test to'plamlaridan va ilmiy ommaviy matematika kitoblaridan mustaqil foydalanish malakasini shakllantirishdir.
1. Ta’lim maqsadi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi.
a) o‘quvchilarga matematik bilimlar tizimidan, bilim, malaka ko‘nikma berish;
b) haqiqiy olamni matematik metodlar bilan o‘rganish;
d) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirishni, uning sifatli bo‘lishini ta’minlash;
e) o‘quvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlashi kerakki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko‘nikmalari ortib borsin.
2. Тarbiyaviy maqsad. Matematika o‘qitish o‘quvchilarni sabotlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, o‘z fikri va xulosalarini nazoarat qila olishga, ayniqsa, kuzatish, asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo‘lishiga erishish kerak. Miqdorlar orasidagi bog‘lanishni ifodalash uchun matematikada simvollar ishlatiladi. Mana shu matematik til rivojlanishi kerak. O‘qituvchining vazifasi simvolik tilda ifodalangan matematik fikrni ona tiliga ko‘chirishga o‘rgatishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg‘ularini tarbiyalashi kerak. Matematika fanini o‘qitishning o‘zi o‘quvchilarda diqqat va fikrni to‘play bilishni tarbiyalaydi.
O‘qituvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a) o‘quvchi moddiy olamdagi bog‘lanishlarni, miqdorlarning o‘zgarishini, bir-biri bilan aloqasini anglay olishi;
b) o‘quvchilarning matematikani o‘rganishga astoydil qiziqishini ta’minlash;
d) mehnatga, vatanga insonlarga bo‘lgan munosabatini tarbiyalash, estetik did hosil qilish;
e) o‘zbek millatining tarixi, jumladan, matematika o‘qitilishi tarixiga bo‘lgan dunyoqarashni tarbiyalash;d) o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini va matematik madaniyatini tarbiyalash;
3. Amaliy maqsad. Matematika o‘qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad – o‘quvchilar olgan bilimlarni, amalda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat. Olingan bilimlarni sonlar va matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladigan amallarga tatbiq qila bilish, har xil masalalarni еchishda foydalana bilishga o‘rgatish. Bu bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo‘llay bilishga o‘rgatishdir.
Algebra o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda ko‘rgazmali material-lar asosida ikki xil obrazlar yaratiladi: shartli-ramzli obrazlar (shartli-ramziy belgi tizimi asosida) va grafik obrazlar (muayyan qoidalar bo‘yicha tartibga solingan nuqtalar to‘plamidan iborat grafik tizim asosida). Algebraik materialni o‘zlashtirish jarayonida obrazlarni qo‘llay bilish shartli-ramziy va grafik turdagi obrazlar shakli-dagi ko‘rgazmali materialni qabul qilish yo‘li bilan olingan axborotni qayta kod-lashtirish jarayonida namoyon bo‘ladi. Algebraik topshiriqlarni bajarish paytida nafaqat materialning ko‘rgazmali jihati qabul qilinadi, balki uning fikriy jihatdan o‘zgargan holda anglanishi ham sodir bo‘ladi. Ana shunday fikrlash jarayonida dastlabki holatida farqlanadigan hamda oraliq, qo‘shimcha holatlar, shakllangan еchimlar, olingan javoblar shaklidagi obrazlar yaratiladi. Biron-bir dastlabki ko‘rgazmali obrazni qabul qilish jarayonida harakatlanish jadvalining dinamik obrazi yaratiladi, buning natijasida doimiy ravishda statik obrazdan dinamik umumlash-tirishga o‘tish amalga oshiriladi. Ma’lumki, matematikada asosiy metod sifatida analitik metod qo‘llaniladi, chunki topshiriqlarning aksariyati, ayniqsa algebrada, shartli-ramziy yozuv sifatida hal etilishi lozim. Grafik metod esa qo‘shimcha, ko‘rgazmali vosita tariqasida qabul qilinadi.
An’anaviy fanlar: algebra, geometriya, trigonometriya oliy o‘rta maktab matematika dasturining muhim qismlari bo‘lib qolaveradi. aloqalarni mohiyatan anglash, alalarni tushunish, bevosita ijodiy yondashuv tomon siljitishni taqozo etadi.Algebra, geometriya, trigonometriya bo‘limlari uchun matematik ta’limda amaliy yo‘nalganlikning kuchayishi, uni amaliy hayotda qo‘llash, tenglamalar echishda kalkulyator va kompyuterlardan foydalanishga e’tiborning ortishi, aproksimatsiyalar xos. Bundan tashqari, kalkulyator va kompyuterlarning muammoni tadqiq etish va echishda axborotni qayta ishlash va hisoblashlarni amalga oshirishning quroli sifatida qo‘llanilishi ta’lim texnologiyasidagi asosiy o‘zgarishlardan birini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |