kreditning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni, ya’ni loyihani moliyalashtirishning
monitoringini olib borishi maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlari qaror topayotgan hamda mulkchilikning turli
shakllariga mansub korxonalar, jumladan, xususiy mulkdorlar sinfi paydo bo‘layotgan
sharoitda investitsiyalarni kreditlash muammolari tijorat banki uchun katta ahamiyat
kasb etadi. Shu bilan birga O‘zbekiston iqtisodiyotini hududiy va tarmoq tarkibini
iqtisodiy siyosat manfaatlari yo‘lida tartibga solish maqsadida investitsion jarayonlarni
moliyalashning bozor mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish iqtisodiy taraqqiyotning dolzarb
muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy
sog‘lomlashtirish, qayta tiklash, texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish,
ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish
va keyinchalik ushbu korxonalarni strategik investorlarga sotish borasida ham banklar
tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu borada iqtisodiyot real sektori
korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan
iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik
va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklari mablag‘larini kengroq jalb
qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari muhim hisoblanadi.
Real sektor tarmoqlarini rivojlantirishda investitsiya hajmini yanada oshirish,
investorlar yangidan yangi investitsion loyihalarni taklif qilish, real sektor rivojida
innovatsiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllantirish va
investetsiyalarni yo‘naltirish, investorlar faoliyatining huquqiy himoyasini
takomillashtirish, investitsiyalarni qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalariga jalb
qilish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: